Matbuot sharhlari 30.04.2020

Turkiyada nashr qilingan gazetalardan sharhlar...

1408257
Matbuot sharhlari 30.04.2020

 

 

Star gazetasi: “Prezident Erdo’g’an ma’lum qildi: Terrorist qo’lga tushirildi”

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Suriyaning Afrin tumanida dahshatli terrorchilik harakati sodir etgan terrorist qo’lga tushirilganligini ma’lum qildi.

Ushbu terrorist terror tashkiloti PKK/YPGga a’zo bo’lgan va bugungacha ko’plab portlashlarni sodir etib kelgan. Ulardan biri 28 aprel seshanba kuni Suriyaning Afrin tumanida sodir etildi. Aholi gavjum bo’lgan Raju ko’chasida bomba joylashtirilgan yonilg’i tankeri portlatilgan. Portlashda 40 nafar tinch aholi vakili halok bo’lgan. Ulardan 11 nafari yosh bolalar. 47 kishi jarohatlangan.

 

Vatan gazetasi: “Turkiya koronavirus sinovidan yuzi yorug’ chiqdi”

Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja ma’lum qilishicha, Turkiya global xatar -koronavirus sinovidan yuzi yorug’ chiqdi.

“Bizning bu sinovni yengib o’tishimizning sababi chora-tadbirlarga qat’iyan amal qilishimiz va o’ta ehtiyotkorlik bilan harakat qilishimiz bo’ldi. Pandemiyaning eng yuqori darajasidan o‘tdik. Buni uddalashimizga uch omil sabab bo’ldi: Chora-tadbirlar, aniqlash va tezkor davolash”,-deb aytgan Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya koronavirusni davolashda dunyoga o’rnak bo’ldi”

Ba’zi davlatlarda bezgak kasalligini davolashda qo’llanilgan hidroksiklorokin dorisining foydasiz ekanligi aniqlandi, biroq, Turkiyadagi davolash jarayonida ushbu dori bemorlar uchun katta qulaylik yaratdi.

“Bu dorilar nima uchun ba’zi davlatlarda ijobiy natija berib, ba’zilarida bermayabdi?” degan savolga Respublika salomatlik komissiyasi a’zosi prof. Tevfik O’zlu shunday javob berdi.

“O’rtadagi farq shuki, biz bu dorilarni bemorlarga ertaroq bironchi bosqichdayoq beryabmiz. Antiviral dorilar gech qolinganda biron natija bermaydi”,-deb aytgan prof. Tevfik O’zlu.

 

Xabar Turk gazetasi: “Yaponlar Turkiyaga investitsiya kiritishga tayyor”

COVID-19 virusi butun dunyoni qamrab olgan bir davrda iqtisodiy torayishga qaramay, yaponlar Turkiyada energetika sohasida investitsiya kiritish maqsadida zarur faoliyatlarni boshlab yubordi.

Enechange va Shinden's Looop kompaniyalari Turkiyaga nigohini qaratgan vaziyatda. Ushbu nufuzli ikki kompaniya Turkiyada qayta ishlab chiqariladigan va quyosh energiyasi stansiyalari uchun 102.8 mln dollarlik investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar