Matbuot sharhlari 28.04.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1406804
Matbuot sharhlari 28.04.2020

 

 

Xabar turk gazetasi: “Prezident Erdo’g’an Vazirlar mahkamasi yig’ilishidan so’ng bayonot berdi”


Kuni kecha Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an boshchiligida prezidentlik boshqaruv kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish ortidan matbuot anjumani o’tkazgan prezident Erdogan, kun o’tgan sari koronavirus yuqtirgan bemorlarning o’limlari va kasalliklarining soni ozayib borayotganligini aytib quyidagilarni aytib o’tdi: “Davlatimizning va xalqimizning virusga qarshi keskin olib borgan kurashlari tufayli ijobiy natijalarni ko’ra boshladik”. Shuningdek Erdogan “Bunday qiyin bosqichni muvaffaqiyat bilan yengib o’tdik” deb aytdi.

 

Sabah gazetasi “Turkiya tashqi ishlar vaziri Chavushoglu Yunonistonga norozilik bildirdi “Hech bo’lmasa insoniy vaziyatlarni siyosiy manfaatlarga aylantirmang”

Turkiya tashqi ishlari vaziri Mevlut Chavushoglu, Jibuti respublikasidan chiqa olmay qolgan 3 nafar Yunonistonlik dengizchilarini 25-aprel kuni Turkiyaning Jibuti Elchixonasining yordami bilan qutqarib Turk Havo Yo’llariga oid samolyotda olib keldi. Lekin Turkiyaning yordamini umuman tilga olmagan Yunoniston tashqi ishlar vaziri Nikos Dendiasga qarata: “Hech bo’lmasa insoniy va gumanitar vaziyatlarni o’z siyosatingiz yo’lida foydalanmang” deya norozilik bildirdi.

 

Yeni Shafak gazetasi “Turkiya prezidenti yordamchisi Fuat Oktay “Birdamlik”ga chaqirdi”.

Turkiya prezidentining  birinchi yordamchisi Fuat Oktay, ijtimoiy tarmoqlardagi so’zlarida ijtomioiy birdamlikga diqqatlarni jalb qildi. Fuat Oktay, ijtimoiy tarmoqlaridagi hisoblarida “birgalikdayengamiz” degan etiket bilan yozgan so’zlarida “Yana birga bir dasturxonda o’tirib, yonma yon turib, birgalikda kulib o’ynaydigan kunlarga oz qoldi. Bugungacha muvaffaqiyatli bo’ldik bundan keyin ham birgalikda bu virusni yengib o’tamiz” degan mulohazalarni bildirdi.


Vatan gazetasi: "Prezidentning matbuot kotibi Altun: Turkiyaning virusga qarshi olib borayotgan kurashi butun jahonga namuna bo’ldi”.

Turkiya prezidentining matbuot kotibi Fahrettin Altun, Turkiyaning butun jahonga tarqalgan korona virusga qarshi olib borayotgan kurashining butkul jahonga namuna bo’lganligini aytdi. Fahrettin Altun, twitterdagi sahifasida, Turkiyada virus yuqtirgan bemorlarning sonida so’nggi 20 kun ichida ozayib borayotganligini, bemorlar jadvalidagi ko’rsatkichning pastga qarab o’ga boshlaganligini alohida ta’kidlab o’tdi. Kotib Altun, Turkiyaning boshqa o’lkalarga medinitsa anjomlari va preparatlari borasida ham yordam berayotganligini aytib, Turkiyaning nafaqat o’z fuqarolariga balki dunoda koronavirusning salbiy ta’siriga duch kelgan har bir insonga umid bo’layotganligini ta’kidladi.


Star gazetasi: "50 davlat Turkiyada ishlab chiqarilgan tovarlardan sotib olish maqsadida  www.yerliara.com internat sahifasini kuzatib bormoqda.
Savdo bo'yicha elektron sahifa www.yerliara.com eksport borasida faol ish olib bormoqda. Ushbu internet sahifasida 25 mingdan ziyod turk shirkati o’rin olar ekan, 50dan ziyod davlatda ushbu internet sahifasi ta’qib etilmoqda. Ushbu internet sahifasini eng ko’p Germaniya ta’qib etar ekan, keyingi navbatda Ozarbayjon, İroq, Xitoy, Eron va Angliya kabi davlatlar kuzatib bormoqda.



 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar