Matbuot sharhlari 22.04.2020

Turkiyada chop etilgan gazetalardan sharhlar...

1403433
Matbuot sharhlari 22.04.2020

 

 

Xabar turk gazetasi: “Prezident Erdo’g’andan koronavirus bo’yicha bayonot”

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda  yangi aniqlanayotgan holatlar soni kamaya boshlaganligini ma’lum qildi. Ramazon xayitidan so’ng, Turkiyada kundalik hayot o’z yo’liga tushishidan umidvorligini bildirdi.

 

Hurriyat gazetasi: “Umar Chelik: Ramazon xayitidan keyin vaziyat normallashadi”

Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi kotibi Umar Chelik koronavirusga qarshi olingan chora-tadbirlar doirasida, Ramazon xayitidan keyin vaziyat normallashishini bildirdi.

“Chora-tadbirlarga qat’iyan amal qilishni davom ettiraylik. Agar bunga ahamiyat bersak, xayitdan keyin vaziyat izga tushishini aytish mumkin”,-deb aytgan Umar Chelik.

 

Star gazetasi: “Turk mudofaa sanoati kompaniyasiga Buyuk Britaniyadan nufuzli mukofot”

Dunyoda yetakchilik qilib kelayotgan harbiy quruqlik tizimlari ishlab chiqaruvchi FNSS mudofaa tizimlari kompaniyasi British Safety Council tomonidan Xalqaro mehnat xavfsizligi mukofotiga loyiq deb topildi.

 


Yeni shafak gazetasi: “Turkiyaning oltin zahirasi ortdi”

Joriy yilning mart oyida Turkiyaning oltin zahiralari ortdi. Xalqaro valyuta fondi IMF ma’lumotiga ko’ra, avvalgi oyda 18.47 mln ons zahiralar mart oyi oxirida 19.33 mln ons ga ortdi.

 

 

Sabah gazetasi: “Rossiyaga mandarin eksporti”
Joriy yilning dastlabki choragida Turkiyadan Rossiya Federatsiyasiga 81 ming 776 tonna mandarin eksport qilindi. Bundan tushgan daromad 49 mln 834 922 dollarni tashkil qildi.

 

 


 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar