Matbuot sharhlari 16.04.2020

Turkiyada nashr qilingan gazetalardan sharhlar...

1399406
Matbuot sharhlari 16.04.2020

 

 

Xabar turk gazetasi, “Prezidentlik matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin Kovid-19ga qarshi kurash haqida

Turkiya prezidenti matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin koronavirus pandemiyasi vahima va tushkunlikka tushmasdan bir yoqadan bosh chiqarib bartaraf etilishini bildirdi.

“Turkiyada koronavirusga qarshi kerakli chora tadbirlarni olish va infektiyani davolashda boshqa davlatlarga qaraganda katta imkoniyatlar mavjud. Epidemiyani shak-shubhasiz chora tadbirlarga qattiq amal qilgan holda to’xtata olamiz. Virusni vahimaga berilmasdan birgalikda yengamiz”,-dedi Ibrohim Kalin

 

Vatan gazetasi: “Fahriddin Altun:Dunyoda yetakchimiz”

Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun tvitter orqali koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashga to’xtaldi.

“Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an dunyoda koronavirusga qarshi kurashda gumanitar yordamlar bilan qat’iy yetakchilik qilmoqda”,-deb aytgan Fahriddin Altun.


Sabah gazetasi: “Vazir Do’nmez mahalliy dezinfeksiyalovchi “Borel” mahsulotini tanitdi”

Turkiya Energetika va tabiiy manbalar vaziri Fotix Do’nmez kecha mahalliy dezinfeksiyalovchi “Borel” mahsulotini ommaga tanitish bo’yicha o’tkazilgan tadbirga qatnashdi.

“Borel ertadan boshlab savdoga chiqariladi”,-dedi Turkiya Energetika va tabiiy manbalar vaziri Fotix Do’nmez.



Star gazetasi: “Turkiyaga minnatdorlik bildirdi”

Ozarbayjon prezidentining birinchi o’rinbosari Mehribon Aliyeva koronavirusga qarshi kurashda ma’naviy qo’llab quvvatlash maqsadida poytaxt Anqaraning ramzi bo’lgan Atakulening Ozarbayjon bayrog’i ranglari bilan yoritilganligi uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Fotix Terim koronavirusdan sog’aydi”

Koronavirus yuqtirib olgan Turkiyaning Galatasaray jamoasi treneri Fotix Terim sog’ayib ketganligini ma’lum qildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar