Matbuot sharhlari 13.04.2020

Turkiyadan, Ikkinchi yordam paketi koronavirusga  qarshi kurash uchun Buyuk Britaniyaga yuborildi.

1397161
Matbuot sharhlari 13.04.2020

 

Sabah “ Turkiyadan Buyuk Britaniyaga ikkinchi koronavirus yordami"

 Turkiyadan, Ikkinchi yordam paketi koronavirusga  qarshi kurash uchun Buyuk Britaniyaga yuborildi. Milliy Mudofaa vazirligining bayonotida kecha Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'onning buyrug'iga binoan "Koronavirusga qarshi kurashda ishlatishda foydalanish  uchun tibbiy vositalarning ikkinchi guruhi, kechaga Britaniyaga yuborildi” deyildi.

Yeni shafak "Vazir Albayrak: Birgalikda yana ko'proq ishlaymiz"

Xazinachilik va moliya vaziri Barat Albayrak, Tvitterdagi izohida, biz barcha imkoniyatimiz bilan, ishchi, ish beruvchi,  kasabakorning yonidamiz.  Biz aziz millatimizga  nima qilsa kam. Rekord saviyada eksportlarimiz, tarixiy loyihalarimiz,  buyuk kuchli Turkiya maqsadlarimiz bor. Hammamiz birgalikda yana  ko’proq birlashib, yana ko’proq ishlaymiz” deya qayd etdi.

Vatan "Bor qo'shilgan dezinfektsiyalar  ommaviy ishlab chiqarishni boshladi"

Energiya va Tabiiy Manbalar Vaziri Fatih Do’nnmez,  bor qo'shilgan dezinfektsiyalash vositasi ommaviy ishlab chiqarishni boshladi va bu hafta  magazinlar o'z o'rnini oladi. Bor bilan qoplangan dezinfektsiya  vositasining narxi bozordagi boshqa mahsulotlarga qaraganda arzonroq bo'ladi” deb qayd etdi.

Star gazetasi, "Koronovirusga umid deb ko’rilgan  metod  AQShda 35 ming dollar, Yevropada 25 ming  Turkiyada esa bepul”

 Turkiyada Koronovirusni  davolash faoliyatlari  davom etmoqda. Vaksinalar va  dori tadqiqotlari uchun plazma transplantatsiyasi ham qo'shildi. Turgut O'zal Tibbiyot markazi (TTM) suyak iligi transplantatsiyasi bo'yicha direktor Prof. Dr. Mehmet Ali Erkurt,  bular juda qimmat davolash tizimi, AQShda "35 ming dollar, Yevropada  25 ming Yevro lekin  bu davolash Turkiyada bepul deya bildirdi.

Hurriyat gazetasi, "Dunyodagi eng qadimiy gilami turklarga tegishli "

O’ndo’kuz Mayis Universiteti professori Doktor İbrahim Tellio'g'lu, 1949 yilda rus arxeologi Rudenkoning Oltoy tog'lari etagidagi qabrdan  olib chiqarilgan  dunyodagi eng qadimiy gilam turklarga tegishli ekanligini aytdi. professor Tellio'g'lu, "Gilamchada ishlatilgan hayvonlar rasmlari, otliq rasmlar,  otlarining dumi bog’liq bo’lishi,  Hun gullari kabi naqshlar bu gilam san'at tarixi jihatidan turklarga tegishli ekanligini ko'rsatdi"  deb qayd etdi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yangiliklar , #Sharhlari , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar