Turk matbuot sharhlari 20. 03.2020

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an o'zining Tvitter-dagi  sahifasidan yangi koronavirus (Kovid-19) ga qarshi kurashda vazifa olgan tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

1381763
Turk matbuot sharhlari 20. 03.2020

Matbuot sharhlari 20 Mart 2020

Star "Prezident Erdo’g'an  sog'liqni saqlash xodimlariga tashakkur etdi."

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an o'zining Tvitter-dagi  sahifasidan yangi koronavirus (Kovid-19) ga qarshi kurashda vazifa olgan tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirdi. Erdo’g'an, "Koronavirusga qarshi kurashda ajoyib fidokorlik  va sabr-toqat bilan ishlayotgan  barcha sog'liqni saqlash mutaxassislarimizga minnatdorchilik bildiraman." dedi.

Sabah  "tezkor diagnostika to'plami faoliyatga o’tadi "

Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin  Ko’ja, Turkiya buyuk millat majlisida bergan bayonotida koronavirusni tashxis etish uchun  diagnostika to'plamidan foydalanishini aytdi  bayonotid. Yangi test to'plamida tezkor tashxis qo'yish mumkinligini ta'kidlagan Vazir Ko’ja, "Bizning maqsadimiz kuniga 10-15 ming   kishini testdan o'tkazishdir" dedi.

Yeni shafak "Yevropa sog'liqni saqlash tizimi quladi : ular Turkiyadan intensiv to'shak istamoqda"

Dunyo bo'ylab tez tarqaladigan koronavirus bemorlarning intensiv terapiya ehtiyojlari tufayli mamlakatlarning sog'liqni saqlash tizimiga jiddiy tahdid solmoqda. Reanimatsiya qobiliyatiga ega bo'lmagan davlatlar o'zlarining imkoniyatlarini oshirish uchun imkoni bori  qadar tezroq yangi choralar ko’rish  uchun qadamlar  tashlashga boshladilar. Sanoat vakillari, Turkiyada ishlab chiqarilgan, ayniqsa, intensiv to'shaklariga ayniqsa  Italiya bilan bir qatorda  juda ko’p mamlakatdan  katta talab bor deya bildirdi.  

Hurriyat gazetasi, "Vengriyaning Turkiyani  qochqinlar mavzusida  kelishuv chaqirdi"

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g'lu, Vengriya tashqi va tashqi savdo vaziri Piter Sitsjarto bilan telekonferensiya o'tkazdi. Vengriya vaziri, qochqinlarga  qaratilgan muzokaralardan so'ng matbuot anjumanida, " Turkiya bilan  Yevropa Ittifoqi  o'rtasida  yangi bir shartnoma imzolanishi kerak” deya qayd etdi.

Vatan "Futbol, ​​basketbol, ​​voleybol va gandbol bo'yicha ligalar  kechiktirildi"

Yoshlar va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapoglu.  "Gandbol, voleybol, basketbol va futbol ligalari epidemiyani (koronavirus)  bo'yicha ko'rilgan choralar doirasida kechiktirilishga qaror qilindi"  deya bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sharhlari , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar