Turk matbuot sharhi 13.03.2020

Yeni Shafak: "Prezident Erdo’g'an Rossiya lideri Putin bilan uchrashdi"

1377526
Turk matbuot sharhi 13.03.2020

Yeni Shafak: "Prezident Erdo’g'an Rossiya lideri Putin bilan uchrashdi"

Erdo’g'an-Putin uchrashuvida 5 mart kuni Idlib  mavzusida  imzolangan qo'shimcha protokol doirasida kelishilgan masalalar bo'yicha o'zgarishlarni  muhokama qilishgan.

Xabar Turk gazetasi: "Akar: Rossiya harbiy delegatsiyasi bilan katta nisbatda kelishuvga erishdik" dedi.

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar Rossiya harbiy delegatsiyasi bilan katta  nisbatda kelishuvga erishilganini e'lon qildi,  Idlibda barcha unsurlarimizning mavjudiyati  davom etmoqda."İdlibdan  Chekinish yo'q, qo'shinlarimiz va askarlarimiz o’z  joyida"  deya bildirdi.

Sabah: “Tashqi ishlar vaziri Chavushog'lu italiyalik hamkasbi bilan uchrashdi”

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'lu, Italiya tashqi ishlar vaziri Luigi Di Mayio bilan telefon orqali uchrashdi

Yangi koronavirus (Kovid-19) epidemiyasi borasida Chavushog'lu Italiyalik hamkasbiga, Italiyadagi  o’limlar tufayli ta'ziya bildirdi. telefon suhbati chog'ida epidemiya bilan  kurashda Turkiya bilan  Italiya o’rtasida  hamkorlik  mavzusida nimalar  qilinishi mavzusini muhokama qilishdi.

Hurriyat: “Mug'lada Turkiyaning hududiy suvlariga qaytarilgan 8 boshpana izlovchisi qutqarildi”

Mug'laning Bo’drum tumanida Yunoniston sohil qo'riqchilari tomonidan Turkiyaning hududiy suvlariga qaytarilgan 8 nafar  boshpana izlovchisi qutqarildi. Afg'onistonlik  boshpana izlovchilar xavfsizlik kemasida qirg'oqqa olib ketildi.

Star: "AQSh jurnali hayratda qoldi: Turk armiyasi SİHA bir  super kuchidir"

AQShda The National Interest jurnali turk qurolli uchuvchisiz havo vositalarini (SİHA)ni  sinchkovlik bilan tekshirdi.  Jurnal, Bahor qalqonida ishlatilgan  SİHAni maqtab  Turkiya  bu sohada katta muvaffaqiyatlarga erishdi deya  ta'kidladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yangiliklar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar