Matbuot sharhlari 13.01.2020

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Liviya qonuniy hukumatining Milliy Kelishuv Hukumati (UMH) Bosh Vaziri Fayiz Es-Sarracni qabul qildi.

1339469
Matbuot sharhlari 13.01.2020

 

Hurriyat: "Dolmabahcheda  kritik uchrashuv"

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Liviya qonuniy hukumatining Milliy Kelishuv Hukumati (UMH) Bosh Vaziri Fayiz Es-Sarracni qabul qildi. Istanbuldagi Prezidentlik Dolmabahche ofisida bo'lib o'tgan uchrashuvda Liviya kelishuvi va harbiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Vatan: "Prezidentning matbuot kotibi Kalinning  'Liviya" bayonoti "

Prezident matbuot kotibi Ibrahim Kalin, Liviya va Suriya Idlib shahrida sulhni ta'minlash va  bu Turkiyaning tinchlik diplomatiyasining aniq natijalari ekanini bildirdi. "Diplomatiya bu jarayonlarni boshqarishdir.  Asosiy maqsad, mamlakatimiz va mintaqamizning tinchligi, xavfsizligi, barqarorligi va farovonligini ta'minlash" deya qayd etdi.

Yeni Shafak": "Chavushog'lu Italiyalik hamkasbi Mayo bilan  Liviya masalasini muhokama qildi"

Kecha Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li va Italiya Tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo  bilan telefon orqali uchrashdi. Uchrashuv davomida Sharqiy O'rta yer dengizi va Liviyadagi so'nggi o'zgarishlar muhokama qilindi.

Sabah: "Istanbul aeroportida uxlash kabinasi xizmatga  ochildi"

Istanbul aeroportida xorijdagi ko'plab aeroportlarda  bo’lgan uxlash kabinasi foydalanishga boshlandi. Istanbul aeroporti operatori IGA yo'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida xalqaro terminaldan chiquvchi yo'lovchi qavatida IGA Sleepod uyqu kapsulasi xizmatini yo'lga qo'ydi. Kapsulalarni yo'lovchilar soatiga 9 yevroga ijaraga olishlari mumkin.

Star: "tugaganida Turkiyaning eng uzun tunneli bo'ladi"

To’ro’slar orqali o'tadigan Gaziantep-O’smaniye-Adana tezyurar poyezd loyihasi 9 ming 800 metr uzunlikdagi tunnelning ko'p qismi yakunlandi. Turkiyaning eng uzun temir yo'l tunnel 5 soat va 20 daqiqali  poyezd safarini  1,5 soatga tushiradi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yangiliklar , #Sharhlari , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar