Matbuot sharhlari 09.01.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1337780
Matbuot sharhlari 09.01.2020

 

 

Sabah gazetasi:“Turk oqimi” gaz quvuri ochilishida Erdo’g’an va Putindan muhim bayonot” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, “Turk oqimi” gaz quvurining tantanali ochilishi munosabati bilan kecha Istanbulga tashrif buyurgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan so’ng Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov matbuot anjumani o’tkazdi.

Anjumanda Mavlud Chavushog’li: “Erdo’g’an va Putin Liviyada 12 yanvardan 13 yanvarga o’tar kechasi tomonlarni o’t ochishni to’xtatishga chaqirdi”,-dedi.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov: “Turkiya va Rossiya prezidentlari Fors ko‘rfazi hududidagi barcha muammolarni faqat tinch yo‘l bilan xalqaro huquq normalari asosida hal qilishga chaqirdi”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi:“Prezident Erdo’g’andan Putinga kutilmagan sovg’a” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “Turk oqimi” gaz quvurining tantanali ochilishi munosabati bilan kecha Istanbulga tashrif buyurgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga “Sharqiy O’rta yer dengizi chorrahasida strategik qadam: Turkiya-Liviya kelishuvi” nomli kitobini sovg’a qildi.

Ingliz va turk tillarida yozilgan kitob “Sharqiy O’rta yer dengizining geopolitik ahamiyati”, “Sharqiy O’rta yer dengizining gidrokarbon potansiyali”, “Turkiyaning Sharqiy O’rta yer dengizi bo’yicha pozitsiyasi”, “Sharqiy O’rta yer dengiziga doir Yevropa Ittifoqi, Kipr Rum boshqaruvi va Gretsiyaning munosabati” va “Turkiya-Liviya kelishuvi” nomli 5 bo’limdan iborat.

 

Xabar turk gazetasi: “TIV rahbari Mavlud Chavushog’li Javod Zarif bilan uchrashdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li kecha Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan telefonda muloqot qildi. Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, ikki yetakchi Erondagi vaziyatni muhokama qildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Qandilda PKKga og’ir zarba” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, kecha terror tashkiloti PKKning ayollar bo’yicha guruhi yetakchisi “Dalol Nurhak” laqabi bilan tanilgan Esma Erat va uning haydovchisi Turkiya milliy razvedka tashkiloti va Turkiya Qurolli kuchlari hamkorligida o’tkazilgan operatsiyada yo’q qilindi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar