Matbuot sharhlari 27.12.2019

Xabar Turk : " Liviya,Turkiyadan rasmiy ravishda harbiy qo'llab-quvvatlash istadi"

1330498
Matbuot sharhlari 27.12.2019

 

 Xabar Turk : " Liviya,Turkiyadan rasmiy ravishda  harbiy qo'llab-quvvatlash istadi"

 Liviyaning qonuniy vakili Milliy Yarashuv hukumati Ichki ishlar vaziri Fathi Bashag’a ,   Havo bazalarini xorijiy davlatlarga ochgan to’ntaruvchi Hafter parallel kuchlariga qarshilik ko’rsatish uchun Turkiyada rasmiy ravishda harbiy yordam istashlarini e’lon qildi. Bashag’a, Turkiya, Tunis va Jazoir bilan ittifoq tuzishlarini bildirdi.

Yeni Shafak: “Erdo’g'an: Parlament ochilishi bilan Liviyaga qo’shin yuborish masalasini taqdim etamiz”

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an, majlis ochilishi bilanoq, Liviyaga harbiy kuch yuborishni birinchi vazifa sifatida majlisga taqdim etishlarini bildirdi.  Turkiyaning Liviya bilan jiddiy tarixiy aloqalari bo’lganini va  Liviyadagi o’zgarishlarni yaqindan kuzatib borganlarini bildirgan Erdo’g’an, , ularning  talabiga  javob  beramiz, 8- yoki 9- yanvarda majlisda   Liviyaga  qo'shin yuborish masalasini muzokara qilishlarini bildirdi.

Star: "Turkiyada Ozarbayjonning investitsiyalari 20 milliardga yetadi"

Ozarbayjon prezidenti İlhom Aliyev, Ozarbayjon Davlat neft kompaniyasi (SOCAR) Turkiyada yangi reja va loyihalari bo’lganini  bular  amalga oshirilganda  Turkiyaga kiritilgan sarmoya miqdori 20 milliard dollarga  yetadi.  Aliyev, Turkiya-Ozarbayjon munosabatlari  alohida ahamiyat kasb etadi va bu munosabatlar bugunki kunda  eng  yuksak saviyada deb  izhor etdi

Sabah: “Yana bir ona PKKdan qochgan bolasini oldi ”

Diyarbakir Xalq Demokratik Partiyasi (HDP),  viloyat rahbariyati binosi oldida 99 kundir o’tirish  namoyish o’tkazgan bir ona, 5 yil oldin PKK tomonidan o'g'irlab ketilgan qizini oldi.

14 yoshida PKK tomonidan o'g'irlangan Mekiye Kaya terror tashkilotidan qochib, xavfsizlik kuchlariga taslim bo'ldi. Ko'z yoshi to'kib qizlarini quchoqlagan Ota Husayn Kaya: "Men boshqa oilalarga  chaqirig’im  shu ular  ham bu o'tirish namoyishiga  qatnashsinlar  va farzandlarini olsinlar" dedi. Mening qizim deyarli qaytadan  tug'ildi » dedi u.

Hurriyat: Dunyoni qurganlar mukofotlantirildi.

Xalqaro Qurilish sektorining jurnali, dunyoning eng yaxshi 250 xalqaro pudratchi  ro'yxatini e'lon qiladi, bu o'z mamlakatlaridan tashqarisida  kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarning yillik aylanmasi asosidadir.  So'nggi 3 yil ichida ro'yxatdagi 53 turk pudratchi kompaniyasiga mukofotlari berildi. Savdo vaziri Ruhsar Pekjan dunyodagi siyosiy va iqtisodiy o'zgarishlarga qaramay, bugungi kunda turk pudratchilarining tadbirkorligi va tezkor harakatchanligi tufayli global miqyosdagi o'yinchi ekanligini ta'kidladi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yangiliklar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar