Matbuot sharhlari 19.12.2019

Turkiyada nashr qilingan gazetalardan sharhlar...

1326164
Matbuot sharhlari 19.12.2019

 

                           

Yeni shafak gazetasi: “Tikanli sim devorlar Yevropani qo’riqlay olmaydi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha,Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiya 9 yildan buyon qochqinlar yukini yakka o’zi ko’tarib kelayotganligini ma’lum qildi.

“G’arb davlatlari ushbu masalaga faqatgina xavfsizlik va o’z manfaatlari jihatidan nazar tashlamoqda. Ular Yevropani qochqinlardan tikanli sim to’rlar bilan qo’riqlaymiz deb o’ylamoqda. O’rta Yer dengizida qochqinlarga to’la qayiqlarni cho’ktirdilar va begunoh insonlarni go’yo suvga ko’mdilar”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Star gazetasi:“Yevropa Ittifoqi davlatlari Turkiyani taqdirlamoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Yevropa Ittifoqining Turkiya delegatsiyasi rahbari elchi Kristian Berger Suriyadagi vaziyatni tartibga solish uchun siyosiy muammolarni hal qilish xususida Turkiya bilan hamfikr ekanligini ma’lum qildi.

“Qolaversa, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan har bir davlat Turkiyaning millionlab qochqinlarga mezbonlik qilayotganligidan minnatdor va Turkiyani ushbu beg’araz xizmati uchun taqdirlaydi”,-deb aytgan Kristian Berger.

 

Hurriyat gazetasi: “Turk Havo Yo’llari Osakaga aviareyslarni takror boshlaydi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turk Havo Yo’llari milliy aviakampaniyasi Yaponiyaning Osaka shahriga aviareyslarni yo’lga qo’ya boshladi.

Bu haqda Turk Havo Yo’llari milliy aviakampaniyasi direktori Bilol Ekshi tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

“2020 yil 14 apreldan e’tiboran Osaka shahriga haftada 4 marta reys amalga oshiramiz”,-deb ma’lum qiladi Turk Havo Yo’llari milliy aviakampaniyasi direktori.

 

Vatan gazetasi:“Turkiya Liviya bilan kelishib olganidek, ba’zi hududlarda neft va tabiiy gaz qidiradi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Fotih Do’nmez Liviya bilan Turkiya o’rtasida imzolangan bitimga binoan, 2020 yilning dastlabki oylarida neft va tabiiy gaz qidirish faoliyatlari boshlanishini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar