Matbuot sharhlari 17.12.2019

Turkiyada nashr qilingan gazetalardan sharhlar...

1324799
Matbuot sharhlari 17.12.2019

 

                          

Star gazetasi:“Erdo’g’an: “Biz Yevropada mezbonmiz” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Shveysariyada xalqaro migratsiyaga bag’ishlangan tadbirda ma’ruza qildi.

“Biz o’tmishda bo’lganidek, bugungi kunda ham Yevropada mezbonmiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti tadbirdagi ma’ruzasida.

Nafaqat Shveysariyada, balki Yevropaning turli mamlakatlarida yashab kelayotgan turklarni “madaniy ko’prik” deb baholagan Erdo’g’an, Yevropadagi turk jamiyatini siyosat, savdo, ta’lim, ijtimoiy hayot va nodavlat tashkilotlardagi muvaffaqiyatlari bilan faxrlanishini tilga oldi.

 

Xabar turk gazetasi:“PKK hayotda eng og’ir zarbasini olmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an terror tashkiloti PKK hayotdagi eng og’ir zarbasini olganligini bildirdi.

“So’ngi 3 yilda amalga oshirilgan harbiy amaliyotlar natijasida janubiy chegaralarimiz atrofida tashkil etilayotgan terror liniyasini yo’q qildik. Hamda Suriyaning hududiy yaxlitligini kafolat ostiga oladigan muhim tashabbusni amalga oshirdik”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Sabah gazetasi:“Turkiya bilan Liviya o’rtasida harbiy hamkorlik to’g’risidagi bitim qabul qilindi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya-Liviya o’rtasida xavfsizlik va harbiy hamkorlik to’g’risidagi anglashuv memorandumining tasdiqlanishiga doir qonun taklifi Turkiya Oliy majlisi tashqi ishlar komissiyasida qabul qilindi.

Komissiyaning yopiq majlisida ushbu qonun taklifi muhokama qilindi. Majlisda Turkiya bilan Liviya davlati milliy kelishuv hukumati o’rtasida xavfsizlik va harbiy hamkorlik to’g’risidagi anglashuv memorandumining tasdiqlanishiga doir qonun taklifi 4 soat davom etgan muhokamalardan so’ng qabul qilindi.

 

Yeni shafak gazetasi:“Turkiya Qurolli kuchlari Liviyada xizmatga tayyor” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Liviyada “Hafter” kuchlarining hujumiga uchragan milliy kelishuv hukumatiga maxsus bo‘linma, harbiy maslahatchilar va harbiy texnika jo‘natishni taklif qilgan Turkiya barcha tayyorgarliklarni boshladi.

Hukumat Turkiya Qurolli kuchlariga harbiy qo’shin yuborish uchun kerakli tayyorgarliklarni ko’rish hamda kema va samolyotlarni shay qilish to’g’risida buyruq berdi.  Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an agarda Liviya hukumati iltimos qilsa, u yerga turk harbiylari jo‘natilishi mumkinligini ma'lum qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar