Matbuot sharhlari 11.12.2019

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an Srebrenitsa qirg'inini inkor etgan va Serbiya urush jinoyatchilarini himoya qilgan Piter Handkega 2019 yilgi adabiyot bo'yicha Nobel mukofotining berilishiga reaksiya ko’rsatdi.

1321447
Matbuot sharhlari 11.12.2019

 

Xabar Turk gazetasi: "Erdo’g'an:" Nobel o'zini tugatdi "

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an Srebrenitsa qirg'inini inkor etgan va Serbiya urush jinoyatchilarini himoya qilgan Piter Handkega 2019 yilgi adabiyot bo'yicha Nobel mukofotining berilishiga reaksiya ko’rsatdi. "Nobel o'zini tugatdi. Menim uchun bir  ahamiyati qolmadi" dedi. Erdo’g'an, agar Nobel mukofoti menga berilsa  qabul qilmayman deb ta’kidladi.

 Star: "Erdo’g'an: Liviya talab qilsa, biz qo'shin yuboramiz"

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, Anqaradagi Bilkent Universitetida Butunjahon inson huquqlari kuni doirasida uyushtirilgan "Har bir inson bir dunyo" nomli dasturda savollarga javob berdi. Turkiya Liviyaga askar jo'natadimi?  Savoliga Prezident Erdo’g'an, "Agar talab bo’lsa  bajo keltiramiz  va oldimizda hech qanday  bir to'siq yo'q" deb qayd etdi.

Yeni Shafak: TurkAkim uchun orqaga hisoblash boshlandi "

 RossiyadanTurkiyaga va Yevropaga tabiiy gaz  yetkazib beradigan TurkAkim tabiiy gaz quvuri loyihasining ochilishi uchun Istanbulda Prezident Rajaba  Tayyip Erdog'an, va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ishtirok bilan uyushtirilishi rejalangan marosimga  bir oydan oz vaqt  qoldi. Ochilish marosimi 2020 yil 8- yanvarda o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Sabah gazetasi, “Teknofest 2020” Gaziantepda bo'lib o'tadi.

 T3 Texnologiya jamg’armasi tomonidan Turkiyada aviatsiya va ilm- fanning rivojlanishi uchun amalga oshirilgan Teknofestning uchinchisi   uchun Selchuk Bayraktar, “ milliy  texnologiya faoliyatining festivali Teknofest, 2020da Milliy kurashning G’oziy shahari  bo’lgan Gaziantepda uyushtiriladi deb bildirdi.

2 yildir ziyoratchi rekordlari o’rnatgan Teknpfest, kelgusi yil 22-27- sentabr kunlari orasida  Gaziantepda  bo’lib o’tadi.

Vatan: "Birja Istanbuldan rekord natija"

Kecha Birja İstanbul, 109 ming 378 ball bilan 20 oylik rekordni  o’rnatdi . Tahlilchilar, 2018 yil aprel oyidan beri eng yuqori ko'rsatkichni qayd etgan indeks 111,200 darajani ko'rishlari mumkinligini taxmin qilishmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sharhlari , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar