Matbuot sharhlari 22.10.2019

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1292397
Matbuot sharhlari 22.10.2019

                          

Star gazetasi:“Erdo’g’an 120 soatlik muhlat haqida” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kechaTRT World Forumida Suriya shimolida olib borilayotgan “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasiga to’xtaldi.

“120 soat muhlat berildi. Buning tugashiga oz qoldi. Ertaga Sochiga safar qilamiz. Tashrif chog’ida janob Putin bilan uchrashuvimiz bor. Putin bilan bu jarayonni muhokama qilamiz. So’ngra reja asosida qadam tashlaymiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Sabah gazetasi: “TIV rahbarining harbiy operatsiya haqidagi bayonoti:35 soat qoldi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, kecha TRT World Forumi ochilishida ma’ruza qilgan Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li AQSh bilan Turkiya o’rtasida tuzilgan kelishuvga diqqat qaratdi.

“120 soat muhlat berildi. Bundan 35 soat qoldi. Agar 35 soat ichida terroristlar Suriya shimolini tark etmasa harbiy operatsiya takror boshlanadi”,-deb aytgan Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li.

 

Xabar turk gazetasi: “Hulusi Akardan ogohlantiruv” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar 17 oktyabr kuni AQSh bilan Turkiya o’rtasida Suriya shimolidagi vaziyatga doir tuzilgan kelishuvga to’liq amal qilingan taqdirda, “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi to’xtatilishini ma’lum qildi.

“Qurollarning to’planishi, terror ob’yektlarining yo’q qilinishi va boshqa barcha talablar to’liq bajarilgan taqdirda, shuningdek, terroristlar Suriya shimolidan chekingan taqdirda “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi to’xtatiladi”,-deb aytgan Hulusi Akar.

 

Yeni shafak gazetasi: “Taxminan 2 mln suriyalikni vataniga qaytarishni rejalayabmiz” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay kecha Istanbuldagi Yildiz texnik universitetining yangi akademik yili ochilishi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda ma’ruza qildi.

“Suriya shimolida tashkil etiladigan “xavfsiz hudud”ga taxminan 2 mln Suriya fuqarosini joylashtirishni rejalashtiryabmiz”,-deb aytgan Fuat O’ktay.

Uning ta’kidlashicha, “Firot qalqoni” va “Zaytun novdasi” harbiy operatsiyalaridan so’ng, 365 ming suriyalik o’z xohshi bilan vataniga qaytib ketgan. Endi navbat Firot daryosi sharqiga suriyaliklarni joylashtirishdir. Hozirda Tel-Abyad va Rasul-Ayn bilan jami 65 nafar turar-joy punkti terroristlardan tozalandi va Turkiya Qurolli kuchlari nazoratiga o’tdi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar