Matbuot sharhlari 16.10.2019

Turkiyada chop etilgan gazetalardan sharhlar...

1289059
Matbuot sharhlari 16.10.2019

 

                          

Sabah gazetasi:“Erdo’g’andan Ozarbayjonda samimiy e’tiroflar” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ozarbayjon poytaxti Bakuda bo’lib o’tganTurkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida so’zga chiqdi.

“Suriyada oxirgi 8 yilda guvohi bo’lib turgan mavzu shuki, bir terror tashkilotidan foydalanib, boshqa terror tashkilotini yo’q qilib bo’lmaydi. Shu sababli “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasini boshladik. Bugungacha taxminan 1000 km kvadratlik maydonni terroristlardan tozaladik”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Vatan gazetasi: “Mavlud Chavushog’li Pompeo bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, kecha Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat tafsilotlari haqida ma’lumot berilmadi.

Chavushog’li Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan Suriya shimolida harbiy operatsiya boshlatilgan 9 oktyabr kuni ham Mayk Pompeo bilan muloqot qilgandi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiy kengash sammitining qo’shma bayonotida “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasiga doir qaror” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, kecha Ozarbayjonda o’z ishini yakunlagan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammiti qo’shma bayonotida Turkiya Qurolli kuchlarining Suriya shimolidagi  “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi qo’llab quvvatlandi.

 

Star gazetasi: “Terror tashkilotida operatsiya qo’rquvi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan Suriyada Firot daryosi sharqida “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi muvaffaqiyatli olib borilar ekan, terror tashkiloti PKK/YPGga a’zo terroristlarning tinch aholi orasiga qo’shilib, qochishga urinish holatlari kuzatilmoqda.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiy Respublikalarga 5 yilda 24.5 mlrd dollarlik eksport” sarlavhasi bilan bergn xabarga ko’ra, Turkiyadan 2014-2018 yillarda O’rta Osiyodagi Turkiy Respublikalarga 24 mlrd 519 mln dollar miqdorida eksport amalga oshirildi. Bular orasida eng ko’p eksport Ozarbayjonga amalga oshirildi. Ushbu davr mobaynida mamlakatga 8 mlrd 889 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar