Matbuot sharhlari 15.10.2019

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1288334
Matbuot sharhlari 15.10.2019

 

                         

Xabar turk gazetasi,“Erdo’g’anning Munbichga operatsiya ishorasi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Suriya sharqida davom etayotgan harbiy operatsiyada ijobiy natijalar olingach, kelgusida Munbichni ham terroristlardan tozalash fikrini olg’a surdi.

“Munbichning haqiqiy egalari arablardir. U yerga arab qardoshlarimiz joylashadi. Bizning maqsadimiz ularni Munbichga joylashtirish va xavfsizligini ta’minlashdir”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Vatan gazetasi:“Erdo’g’an Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashiga loqayd bo’lganlarni qoraladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning ta’kidlashicha, g’arb dunyosi Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashini ko’rmaslikka olmoqda.

“Shu operatsiyani o’tkazishning birgina sababi bor. u ham bo’lsa Suriya shimolini PYD, YPG va DEASh terror tashkilotlaridan tozalash va u yerni haqiqiy egalariga topshirishdir. Biz buni El Bab hududida ro’yobga chiqardik. U yerda 3500 terroristni yo’q qildik. Dunyo buni ko’rmasdan kelmoqda”,-deb aytan prezident Erdo’g’an

 

Star gazetasi:“Terror tashkiloti PKK/PYD va DEASh hamkorligi isbotlandi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan Suriyada Firot daryosi sharqida olib borilayotgan “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi doirasida Tel-Abyad tumani YPG/PKK terroristlaridan butkul qutqarildi. Tel-Abyad tuman markazida YPGga a’zo terroristlar DEASh jangarilari tutilayotgan qamoqxonalarni bo’shatayotganligi tasvirga tushirildi. Qamoqxonalar terroristlar tomonidan bo’shatilar ekan, baland devorlar bilan o’ralgan binoning eshiklari ochiq ekanligi diqqat qaratdi.

 

Yeni shafak gazetasi:“Tramp Suriyadagi operatsiya haqida nayrang ko’rsatgan ABC kanaliga e’tiroz bildirdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, AQSh prezidenti Donald Tramp mahalliy xabar kanali ABCning qurol sinovi paytida ro’y bergan kuchli portlash tasvirlarini Turkiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotida ro’y bergandek qilib ko’rsatganligini “skandal” deb baholadi.

Tramp bu haqda tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

“ABC Newsning soxta video namoyish qilayotganda qo’lga tushganligi “katta sharmandalik”dir”,-deb yozgan Tramp tvitterdagi sahifasida.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar