Matbuot sharhlari 11.10.2019

Vatan: “Erdog'anning  tinchlik bulog’i amaliyoti borasidagi bayonoti”

1286248
Matbuot sharhlari 11.10.2019

 

Matbuot sharhlari 11.10.2019

Vatan: “Erdog'anning  tinchlik bulog’i amaliyoti borasidagi bayonoti”

Prezident Rajab Toyib Erdog'an, kecha partiyaning kengaytirilgan markaziy yig'ilishida so'zga chiqdi. Furotning sharqiyda terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan Tinchlik bulog’i nomidagi  amaliyot borasida  Erdog'an, “ Bo’lginchi terror tashkiloti PKK / YPGning Suriyadagi  ishg’olini ko'rmaganlar, endi  esa bizning  Suriyaning birligi va birdamligi uchun tashlagan qadamimiz haqida gapirishmoqda.  Siz bir chakka chekining  biz  esa o'z yo'limizga  davom etamiz "dedi.

Yeni Shafak: "Akarning operatsiya bayonoti:  Askarlarimizning  kayfiyati juda yuqori"

Kecha Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar,  Tinchlik  bulog’i operatsiyasi haqida bayonotlar  berib, “ Askarlarimiz qahramonlik dostoni yozib o'z vazifasini bajarishda davom etmoqda. Askarlarimizning kayfiyati juda ham yuqori" dedi.

 Star : "MMV:" Terroristlar maktab va kasalxonalarga yashinib  hujum qilmoqdalar  "

Mudofaa vazirligi (MMV), Furotning sharqiyini terror koridori holiga keltirishga harakat qilgan  PKK/PYD-YPGlik terroristlar  xalq  foydalanayotgan bino, maktab va kasalxonalarga yashinib  Turkiya aholi funtiga zambarak va raketalar bilan   hujum qilib  tinch aholining yaralanishiga sabab bo’lmoqdalar deyildi.

Sabah: Turk Havo Yo'llarining to’lalik nisbati  Sentabr oyida  82.9 foizga erishdi ”

Turk Havo Yo'llari (THY), joriy yilning sentabr oyida 6,7 ​​million yo'lovchi bilan to’lalik nisbati 82,9 foizga yetdi. Sentabr oyida xalqaro yo'lovchilar soni 82,5 foizni tashkil etdi , ichki reyslarning  to’lalik nisbati  86,1 foizni tashkil etdi deb qayd etildi.

Hurriyat: “Zaytun eksporti 142 million dollarga yetdi

Turkiyaning  zaytun eksporti 2018-2019 mavsumida 142 million dollarga ko'tarildi oldingi davriga nisbatan 11 foizga oshdi. Yevropa Ittifoqi davlatlari zaytunning yarmidan ko'pini sotib oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Sharhlar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar