Matbuot sharhlari 10.10.2019

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1285550
Matbuot sharhlari 10.10.2019

      

Hurriyat gazetasi:“Harbiy operatsiya boshlandi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Suriyada harbiy operatsiya boshlanganligini quyidagi ifodalar bilan e’lon qildi.

“Qurolli kuchlarimiz Suriya ozodlik armiyasi bilan hamkorlikda Suriya shimolida PKK/YPG va DEASh terror tashkilotlariga qarshi “Tinchlik bulog’i” operatsiyasini boshladi. Maqsadimiz terror guruhlarini Suriya shimolidagi hududlardan siqib chiqarish va “xavfsiz hudud” tashkil etish hamda mintaqada tinchlik va farovonlik o’rnatishdir”,-deb e’lon qildi prezident Erdo’g’an.

 

Sabah gazetasi: “Chavushog’luning harbiy operatsiya to’g’risidagi bayonoti” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li kecha Suriya shimolida boshlangan harbiy operatsiya to’g’risidagi bayonotida “Harbiy operatsiya xalqaro huquq, BMT qarorining 51-moddasi va BMT xavfsizlik kengashining terrorizmga qarshi kurashga doir qaroriga muvofiq ijro etilmoqda”,-dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Ibrohim Kalin AQShning milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidentlik matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin kecha AQShning milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Robert C. O'Brien bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog’ida Suriya shimolida “xavfsiz hudud” tashkil etish va bu maydonda amalga oshiriladigan gumanitar sa’y-harakatlar muhokama qilindi.

 

Star gazetasi: “Tekirdag’da katta tabiiy gaz zahirasi topildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya neft-gaz korporatsiyasi tomonidan Tekirdag’ viloyati Kapakli tumanida olib borilayotgan tabiiy gaz qidirish faoliyatlari o’z natijasini berdi. Hududda tabiiy gazga boy zahira topildi.

 

Vatan gazetasi:“Jahon banki Turkiyaga doir rivojlanish taxmini qayta ko’rib chiqdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Jahon banki Turkiya iqtisodiyotining 2019 yilgi rivojlanish taxminini yuqori bosqichga ko’tardi. 2019 yili Turkiya iqtisodiyotining 1 foizga torayishi haqidagi taxminlarni 0.0 foiz deb o’zgartirgan Jahon banki 2020 va 2021 yillardagi yalpi ichki mahsulot o’sish taxminlarini 3.0 va 4.0 foizga chiqardi.

  


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #Turkiya , #Matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar