Matbuot sharhlari 04.10.2019

haqida ma'lumot berdi.

1281796
Matbuot sharhlari 04.10.2019

 

Vatan: "Erdog'an  Etnospor madaniy festivali haqida ma'lumot berdi. "

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an kecha Istanbulda boshlangan va hafta oxirigacha davom etadigan 4-Etnospor madaniy festivali haqida ma'lumot berdi. Erdo’g'an, ijtimoiy tarmoqlardagi Twitter-dagi akkauntida, "4-chi Etnospor madaniy festivalining foydali bo'lishini orzu qilganini va  muhim vazifani bajarib davom ettirish va  kelajak avlodga  yetkazish uchun an'anaviy sport turlari va bizning meros madaniyatimiz uchun foydali bo'ladi” deb qayd etdi.

Hurriyat gazetasi, " Turkiyaning xavfsiz hudud rejalari tayyor"

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, AQSh Mudofaa vaziri Mark Esper  bilan Suriyada xavfsiz hudud  barpo etish borasida telefon orqali  muloqot qildi. Vazir Akar tomonidan Furot Qalqoni operatsiyasida  DEASh a’zosi  3 mingdan ziyod terrorchini   yo’q qilgan Turkiyaning janubida bir terror koridori  tashkil etilishiga hech qachon  ruxsat berilmaydi. Akar Esperga Furotning sharqiyda taqriban 30 kilometr, chegara bo’yicha og’ir qurollardan va terroristlardan tozalangan xavfsiz hudud barpo  etilishi  va bu mavzuda Turkiya chalg’itish va kechishni qabul qilmas va  o’rtamizdagi  kelishuv  darhol yakunlanadi va Turkiya bu borada   juda ham qarorli  ekanini”  qarshi tomonga yetkazdi  deb qayd etdi.

 Xabar Turk : "Turkiya savdo urushidan foydali chiqish mumkin"

Xazina va moliya vaziri Berat Albayrak, iqtisodiyot haqida muhim bayonotlar berdi. Turkiya-Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) savdo munosabatlarini baholab , "biz savdo urushidan  foydali chiqadigan bir mamlakatmiz dedi. Amerika Qo'shma Shtatlari bilan munosabatlarimiz yaxshilashga intilmoqda. ” Turkiya  bilan savdo qilish  boshqa mamlakatlarga   juda foyda keltiradi  deb ta'kidlagan  Albayrak, "Turkiya investorlar uchun juda  jozibador  bir mamlakat”.- deya qayd etdi.

Star: "Turkiya  mavjud muvozanatni buzmoqchi"

Fransuz Le Monde gazetasi, Turkiya  xalqaro maydonda o’zini ko’rsatgan  va mavjud  muvozanatni  buzgan  bir mamlakat deya yozdi . Anqara ko'p  tomonlama  tashqi siyosatni amalga oshirganini ta'kidlagan Fransuz gazeta, analizida  o'zining milliy manfaatlari  uchun kuch ishlatish, yangi  ittifoqchilarga ega bo'lib  global tartibning ishlashini munozaralarga ochgan  birdavlatga aylanganini ta'kidladi. Bundan tashqari, Le Monde, Turkiya endi  juda ko'p global maydonda o’zini yana ko’proq ko’rsatmoqda deb qayd etdi.

Yeni Shafak:  mahalliy sun'iy yo'ldosh İstanbulni tasvirga tushirdi  "

2012 yilda kosmosga uchirilgan GO’KTURK-2 sun'iy yo'ldoshi o'z orbitasidan ma'lumotlarni dunyodan qariyb 685 kilometr masofada jo'natishga  davom ettirmoqda. Uskunalarning 80 foizi va dasturlarning 100 foizi turk muhandislari tomonidan yaratilgan sun’iy  yo’ldosh  Istanbulni  tasvirga tushirdi. Sun'iy yo'ldosh 90 daqiqada dunyo atrofini aylana oladi. Sunniy Yo'ldosh yuqoridan  tezlikda ma'lumot uzatish tarmog'iga ega bo'lib, u taxminan 640 kilometrlik bo'lakning tasvirini yuklab olishi mumkin.

 


Tanlangan kalimalar: #Sharhlar , #Yangiliklar , #Matbuotidan , #Turk

Aloqador xabarlar