Matbuot sharhlari 02.10.2019

Yeni Shafak: “Erdog'an: Suriyada xavfsiz hudud mavzusida kutadigan bir kunimiz  ham yo'q” dedi.

1280114
Matbuot sharhlari 02.10.2019

Matbuot sharhlari 02.10.2019

Yeni Shafak: “Erdog'an: Suriyada xavfsiz hudud mavzusida kutadigan bir kunimiz  ham yo'q” dedi.

 Prezident  Rajap Tayyip Erdo’g'an, Turkiyaning Suriyada tashkil etadigan xavfsiz  hudud mavzusida   biz o’z yo'limizga davom etishdan  boshqa  bir choramiz  qoladi  degan Erdo’g’an, “ Munbich bilan bir qatorda, Furot daryosidan  Iroq chegarasiga qadar tashkil etiladigan 30 kilom  metr chuqurlikdagi xavfsiz hududga 2 million kishini joylashtirishni rejalamoqdamiz”,- ded u.

Sabah: “Erdo’g'an: Markaziy bankamizning valuta zaxirasi 100 milliard dollardan oshdi”

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g'an, Markaziy bankning valuta zaxirasi 103 milliard dollar darajasiga yetganini aytdi. Iqtisodiyotdagi muvozanat va yangilanish jarayonini muvaffaqiyatli ravishda davom ettirganliklarini ta'kidlagan Erdo’g'an, “Moliyaviy intizomni hech qachon buzmaymiz. Rivojlanishning 11-rejasida biz "yo'l xaritamiz"ga rioya qilgan holda, kelgusi  saylovsiz to'rt yildan  eng yaxshi  ravishda foydalanamiz. Biz o'z mamlakatimizni dunyoning eng yaxshi 10 iqtisodiyotidan biriga aylantirmagunimizcha, kechayu kunduz ishlaymiz”,- ded u.

Vatan: “Yangi iqtisodiyot paketini biznes olami  qo'llab-quvvatladi”

Iqtisodiyot uchun uch yillik yo'l xaritasi e'lon qilindi. Dasturda  inflatsiyani 2022 yilda 4,9 foizga tushirishga qaratilgan. Ishbilarmonlarga yangidan  yuqori o'sish maqsadi, xususiy sektorga ham  hayajon va ruhiy kayfiyat bag'ishladi nazariyasidamiz . Rejalashtirilgan bosqichlar iqtisodiyotda yangi ruh bo'lib xizmat qilishi kutilmoqda, bu esa kuchli va barqaror o'sishga o'tish imkoniyatini beradi.

 Xabar Turk: " Fitche, Turkiya o'z o'sish prognozini  ko'tardi"

Kredit reyting agentligi Fitch Ratings kecha e'lon qilgan Global iqtisodiy ko’rinish  hisobotida Turkiya iqtisodiyoti uchun o'sish  taxmini  yuqoriga qarab  yo’naldi  deb bildirdi. Fitch, Turk  iqtisodiyoti 2020 yilda 3,1 foizga va 2021 yilda 3,6 foizga o'sishini taxmin etdi. Fitch, 2020 yilda keng qamrovli tiklanishni kutganlarini ta'kidladi.

Hurriyat: “Sayyohlar soni 31 millionni  oshdi”

Yilning dastlabki sakkiz oyida Turkiyaga kelgan turist soni 31 millionni oshdi. Rossiya 4,8 million sayyoh  bilan Turkiyaga eng ko'p turist yuborgan  mamlakatdir. Eng ko'p sayyohni qabul qilgan shahar Antaliya,10,3 million,   9,9 million sayyoh bilan İstanbul ikkinchi o’rinda . Avgust oyida Istanbul Yevropada  to’lalik nisbati  eng yuqori saviyada bo’lgan 10 shahardan biriga aylandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Sharhlar , #Yangiliklat , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar