Matbuot sharhlari 25.06.2019

Arab o’lkalari o’rtasida o’tkazilgan anketada, Arab yoshlari o’rtasida eng ijobiy va ishonarli kishi Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an  ekanini ma’lum bo’ldi.

1224651
Matbuot sharhlari 25.06.2019

 

Yeni Shafak: Arab  yoshlari Erdo’g’an dedi”

Arab o’lkalari o’rtasida o’tkazilgan anketada, Arab yoshlari o’rtasida eng ijobiy va ishonarli kishi Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an  ekanini ma’lum bo’ldi. 25 ming yosh bilan o’tkazil gan anketaga ko’ra, eng  katta tahdid esa Isroil, Arablar Prezident Erdo’g’anning Yaqin sharq siyosatini 51 foiz nisbatida himoya qilar ekan, Rossiya Prezident Vladimir Putinni  28 va AQSh Prezidenti Donald Trampni  12 %  himoya qilgan.

Haber Turk: “ Mavlut Chavusho’g’luning S- 400 bayonotlari”

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Rossiyadan S- 400 raketa havo  tizimini sotib olish  mvzusida bergan bayonotda,  bizning S- 400 raketa havo tizimini sotib olishdan voz kechishimiz mumkin emas.   Agar ertaga Turkiyaga  hujum qilinsa NATOning  kelib Turkiyani himoya qilishini kutmaymiz” dedi.

Chavusho’g’lu, “qanday bir  sanksiya qarori  bo’lsa bo’lisin, qanday bir bayonot  berilsa berilsin,biz S- S- 400 raketa havo  tizimini sotib oldik. Endi Turkiyaga qachon  yetkazib muhokama qilinmoqda.  Bu borada kerakli faoliyatlar davom etmoqda” dedi.

Hurriyat gazetasi: “ Turk havo yo’llari (THY) oyda 28,5 million nafar yo'lovchini tashiganligi  ma'lum qilindi"

THY, 2019- yili yanvar- may oyi davrida yo’lovchi soni 28,5 million  bo’lgani ma’lum qilindi. Xalqaro yo'nalishdagi yo'lovchilar soni bo'yicha 1,0 foizga oshdi. O'tgan yilning shu davriga nisbatan tranzit yo'lovchi soni 2,4 foizga ko'paydi.

Vatan: “Antaliyadagi sayyohlar iyun oyida birinchi marta 5 milliondan oshdi"

Turizm tarixidagi eng yaxshi yilni   o’tkazayotgan Antaliya, rekord yangiliklar bilan o'rtoqlashmoqda.

Iyun oyida ilk marotaba shaharga 5 milliondan ziyod xorijiy sayyoh tashrif buyurdi.

23 iyundan boshlab sayyohlarning umumiy soni 5 million 27 ming 73ga yetdi. 1-23 iyun kunlari orasida  sayyohlar soni o'tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga oshib, 1 million 727 ming 280 kishini tashkil etdi.

Star: "Nemis auto kompaniyasi Volkswagen, Turkiyaga sarmoya  kiritish uchun uchrashuvlar o’tkazdi"

Avtomobil kompaniyasi Volkswagen (VW) potensial  sarmoya kiritish  uchun Turkiya bilan muzokaralar olib bormoqda.

VW CEOsi  Herbert Diessen chorshanba mavzu bilan aloqali Turkiyaga safar qilgan. Oliy darajadagi manbalarning ma’lum qilishicha,  uchrashuvlar yaxshi  bo’lib o’tganini,  Turkiyaga sarmoya kiritish uchun potensial mamlakatlar  orasida ajralib turadi deb qayd etdi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turk matbuotidan

Aloqador xabarlar