Matbuot sharhlari 20.06.2019

Turkiyada nashr qilingan gazetalardan sharhlar...

1221906
Matbuot sharhlari 20.06.2019

 

 

Hurriyat gazetasi: “BMTning Qoshiqchi jinoyatiga doir hisobotiga Turkiyaning munosabati” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li: “BMT hisobotchisi Agnes Kallamardning saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi jinoyatini fosh qilish va aybdor shaxslarning kerakli javobgarlikka tortilishiga doir tavsiyalarini to’liq qo’llab-quvvatlaymiz”,-dedi.

 

Vatan gazetasi:“Terror tashkilotiga yana bir zarba” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya ichki ishlar vazirligi Tunjeli shahar jandarm qo’mondonligi tomonidan olib borilgan harbiy operatsiyada 3 terrorist yo’q qilindi.

 

Sabah gazetasi:“THYning yangi avlod samolyotining yangi tasvirlari namoyish qilindi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, THYning dastlabki Boeing 787-9 Dreamlaynerining ichki ko’rinishi namoyish qilindi. 300 yo’lovchiga mo’ljallangan samolyotning asosan business o’rindiqlari diqqatga sazovor.

25 iyun seshanba kuni Istanbulda bo’ladigan samolyotning Turkiyadan ilk parvozi 8 iyul dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:35 da amalga oshiriladi. Mazkur samolyot 8 iyul kuni Istanbuldan Antaliyaga ilk parvozini amalga oshiradi.

 

Xabar turk gazetasi:“Marmarisda kruiz turizmi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Malta bayrog’i osilgan “Horizon” nomli kruiz kemasi 1460 nafar ispan sayyohlar va 615 nafar ekipaji bilan Turkiyaning Marmaris portiga yetib keldi.

Sayyohlar bojxona markazida ro’yxatdan o’tgach, Marmarisdagi tarixiy joylarni, yaxta portlarini tomosha qildilar. Sayyohlarning ba’zilari kafelarda xordiq chiqarar ekan, ba’zilari Marmaris bozorini aylanib, turli sovg’alar xarid qildilar.

 

Star gazetasi:“Rossiyada turk kino kunlari boshlandi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida “Turk kinosi” kunlari o’z ishini boshladi. Mazkur tadbir “Yunus Emre” institutining Moskvadagi filiali tomonidan tashkil qilindi. Tadbirda 7 ta turk kinofil’mi (ruscha subtitrli) namoyish qilinadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar