Matbuot sharhlari 18.06.2019

Turkiyada nashr qilingan gazetalardan sharhlar...

1220574
Matbuot sharhlari 18.06.2019

 

                           

Sabah gazetasi: “Turkiya va Yunoniston mudofaa vazirliklari hay’atlari o’rtasidagi ikkinchi muzokaralarning kuni belgilandi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya va Yunoniston mudofaa vazirliklari hay’atlari Egey dengizida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida o’tkazayotgan muzokaralarning ikkinchi raundi Ankarada bo’lib o’tadi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“Turkiya va Yunoniston mudofaa vazirliklari o’rtasida ishonch choralari bo’yicha Egey dengizida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ijro etilayotgan muzokaralarning ikkinchi raundi 17-21 iyun kunlari Ankarada bo’lib o’tadi”,-deyiladi ma’lumotda.

 

Hurriyat gazetasi: “Milliy harbiy samolyot birinchi bor Parijda namoyish qilindi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turk aviatsiya va koinot sanoati anonim shirkati milliy jangovar samolyotning ayni modelini birinchi marta Parijdagi aviatsiya ko’rgazmasida namoyish qildi.

53-Parij aviatsiya ko’rgazmasida ishtirok etgan TUSASh kompaniyasi direktori Temel Kotil: “Milliy jangovar samolyotni birinchi marta Parijda namoyish qildik. Bu Yevropaning eng ilg’or harbiy samolyoti bo’ladi”,-dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Yevropaga gilos eksporti” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyaning Edirne viloyati Enez tumanida yetishtirilgan giloslar Germaniya, Fransiya, Gollandiya va boshqa bir qator Yevropa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.shoxidan to’plangan giloslar qutilarga joylashtirilib, firmalar vositasida Yevropa davlatlariga yuborilmoqda. Bu yilgi mavsumda taxminan 400 tonna gilos mahsuloti to’planishi kutilmoqda.

 

Yeni shafak gazetasi: “Istanbul opera festivali boshlanmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, shu yilning 2 iyul kuni Xalqaro Istanbul opera festivali o’z ishini boshlaydi. Mazkur festival 14 iyulga qadar davom etadi. Bu yilgi festivalda “Bolshoy teatr” ikki gala konserti bilan ilk marta ishtirok etadi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot sharhlari , #gazeta

Aloqador xabarlar