Matbuot sharhlari 28.05.2019

Turkiyada nashr qilingan gazetalardan sharhlar...

1209576
Matbuot sharhlari 28.05.2019

 

Star gazetasi: “Rossiya: Turkiya bilan S-500 majmualarini hamkorlikda ishlab chiqaramiz” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Sho’ygu ilk S-400 zenit raketa majmualari tizimlari iyun oyida Turkiyaga yetib kelishini ma’lum qildi.

Kelgusida S-500 zenit raketa majmualarini Turkiya bilan hamkorlikda ishlab chiqarishini ma’lum qilgan Sergey Sho’ygu: “Birgina S-500 bataryasining o’zi butun Turkiyaning havo maydonini tashqi tahdidlardan himoya qilishga yetadi”,-dedi.

 

Vatan gazetasi: “Turkiyaning dastlabki mahalliy seysmik tadqiqot kemasi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, dengizlarda ikki va uch qirrali chuqur seysmik qidiruv amalga oshiradigan darajada manevra tizimlariga ega bo’lgan dastlabki mahalliy “MTA Oruch Rais” seysmik tadqiqot kemasi Marmara dengizi tagida keng kamrovli tekshiruv o’tkazmoqda. Dunyoda tengi kam uchraydigan ushbu tadqiqot kemasi Sharqiy O’rta yer dengizida gidrokarbon qidiruv faoliyatlarida Turkiyaning ishini yengillashtiradi.

 

Xabar turk gazetasi: “Istanbul finans markazi 2022 yilda ochiladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, prezidentlik finans markazi rahbari professor Go’ksel Ashan Istanbulni finans markaziga aylantirmoqchi ekanligini bildirib, “Istanbul finans markazini 2022 yilning boshlarida tashkil qilishni rejalashtiryabmiz”,-dedi.

Uning ta’kidlashicha, dunyoda finans markazi bo’lishga loyiq bo’lgan bir necha shaharlardan biri Istanbul bo’lib hisoblanadi.

 

Sabah gazetasi: “Antaliyaga may oyida rekord darajada sayyoh keldi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Antaliya hokimi Munir Karalog’li tvitterdagi sahifasida “2019 yil 25 may kuni Antaliyaga havo yo’li bilan 76 ming 568 nafar sayyoh keldi. Shu bilan birga, 25 may kuni Antaliyaga xorij yo’nalishidan 363 ta samolyot kelib qo’ndi. Bu may oyining rekordi hisoblanadi”,-deb yozdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar