Matbuot sharhlari 28.02.2019

Bugungi gazetalardan sharhlar...

1154059
Matbuot sharhlari 28.02.2019

                              

 

Yeni shafak gazetasi: “Trampning kuyovi va bosh maslahatchisi Jared Kushner Ankarada” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya hazina va moliya vaziri Berat Albayrak AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi va bosh maslahatchisi Jared Kushner bilan poytaxt Ankaradagi uchrashuviga doir izoh bildirdi.

Berat Albayrak: “Kushner bilan bo’lgan uchrashuvimizda davlatlarimiz o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni izchil davom ettirish va uni yanada mustahkamlashtirishga doir olib borilayotgan tashabbuslarni ko’zdan kechirdik”,-dedi.

 

Sabah gazetasi: “Iqtisodiy ishonch indeksi ortdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya statistika tashkiloti fevral oyiga doir iqtisodiy ishonch indeksini e’lon qildi. Bunga ko’ra, iqtisodiy ishonch indeksi ushbu oyda o’tgan oyga nisbatan 1.2 foiz o’sdi. Bu esa, 78.5 foizdan 79.4 foizga o’sdi demakdir. Indeksdagi o’sish iste’molchi, ishlab chiqarish sanoati va xizmat sektori ishonch indekslaridagi ortishlardan kelib chiqdi. Fevral oyida ishlab chiqarish sanoati ishonch indeksi 96.9 foiz, xizmat sektori ishonch indeksi 79.5 foizga erishdi.

 

Star gazetasi: “Turkiyadan Rossiyaga bir oyda amalga oshirilgan limon eksporti 10 mln dollardan oshdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyadan Rossiyaga yanvar oyida 18 ming 60 tonna limon eksport qilindi. Bundan 10 mln 172 ming 644 dollar daromad qo’lga kiritildi.

Rossiyaga o’tgan yil 13 ming 69 tonna limon eksport qilingan edi. Bundan 8 mln 969 ming 50 dollar daromad olingandi. Ikki yil ichidagi natijalar taqqoslanganda Rossiyaga limon eksporti miqdor jihatidan 38 foiz, qiymat jihatidan esa 13.4 foiz ortish ko’rsatdi.

 

Vatan gazetasi: “Turkiya turizmida sun’iy ko’l” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyaning Erzurum viloyati Aziziya tumaniga sayyohlarni jalb qilish maqsadida dam olish zonalari tashkil etilmoqda. Ushbu muassasalar qoshida sun’iy ko’l tashkil qilinmoqda. Mazkur dam olish maskani davlat iqtisodiyotiga va turizmga hissa qo’shishi maqsad qilinmoqda. Loyiha asosida 670 gektarlik maydonga dam olish muassasalari barpo etiladi. Biologik ko’lning umumiy omborlash hajmi 90 ming kub metrni tashkil qilgan bo’lib, ko’l maydoni 85 ming kub metr, uzunligi esa 1115 metrni tashkil qiladi.

 

Xabar turk gazetasi: “Dunyodagi eng yaxshi 25 ta mehmonxona aniqlandi va ro’yxatda Turkiyadan 2 ta mehmonxona bor” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, TripAdvisor mehmonxonalar va restoranlar sayti "Travelers’ Choice 2019" ro’yxatini e’lon qildi. Bu ro’yxat, ushbu saytdagi mehmonxona va restoranlarga sayyohlar tomonidan berilgan baho natijasida tayyorlandi. Ro’yxatda dunyoning eng yaxshi 25 ta mehmonxonasi orasida Turkiyadan ham 2 ta mehmonxona o’rin oldi. turkiyadan ro’yxatga kiritilgan mehmonxonalardan biri Istanbulda joylashgan, keyingisi esa Kapadokiya shahrida o’rin olgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot sharhlari , #gazeta

Aloqador xabarlar