Matbuot sharhlari 22.02.2019

Turkiya Shimoliy Kipr atrofida neft qidiruv faoliyatini boshlatadi.

1150370
Matbuot sharhlari 22.02.2019

 

 

Hurriyet: “Chavushog'lu: Shimoliy Kipr Turk Respublikasi atrofida 2 kema bilan neft qozuv faoliyatlarini boshlatadi"

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu, yaqinda Kipr atrofida ikki kema bilan neft qidiruv faoliyatini boshlatishini ma'lum qildi. Kecha Oydin viloyatida, ishbilarmonlar yig'ilishida so'zlagan Chavushog'lu, Egey dengizi, Sharqiy O'rtayer dengizi va Kipr atrofidagi uglevodorodning Turkiya uchun strategik mo'ljal va milliy mavzu bo'lganiga diqqat qaratib, "Kipr Turk xalqining haqlarini poymol qilmadik, bundan keyin ham qilmaymiz" deb ifoda etdi.

 

Star: “Hindistonlik turistlar Turkiyaga katta qiziqish ko'rsatmoqda"

Hindistondan Turkiyaga kelgan turistlarning 2017-yilga qaraganda 80 % ortgan. Hindistonning Anqara favqulodda elchisi Sanjay Bhattacharyya, Hindistonlik turistlarning asosan Istanbul, Kapadokiya va Antaliyaga qiziqish ko'rsatganini eslatib, "Erzurum, Van ko'li, Kars, turistlarga bir paket shaklida taqdim etilishi mumkin va bu Hindistonlik turistlarning diqqatini o'ziga jalb etadi shuningdek Qoradegniz ham bu jihatdan muhim" dedi.

 

Xabar Turk: “Turkiya shamol energiyasiga katta sarmoya kiritmoqda"

Turkiyaning shamol energiyasidan foydalanish kuchi o'tgan yilga ko'ra 497 mV ortib 7 ming 369 mVga ko'tarildi. Shunday qilib Turkiya, 2018-yili shamol kuchiga qo'shimcha kuch jihatidan Yevropa Ittifoqi (YI) o'lkalari, nomzod o'lkalar va Rossiya bilan Ukraina ham oralarida bo'lgan 38 davlat orasida 6. o'rinda joy olmoqda.

 

Yeni Shafak: "Yevropa Ittifoqi (YI) tijorat hajmi ko'tariladi"

Yevropa Ittifoqi (YI) bilan tijorat kamchiligini deyarli bartaraf etgan Turkiya, o'tga yili 77,3 milliard Yevro import evaziga 76,3 eksport amalga oshirdi. 153 miliard yevrolik tijoriy muvozanat, 2018-yili kamomadini 1,2 milliard Yevrogacha tushirgan Turkiyaning joriy yilgi tijorat hajmi yuqorida bo'lishi kutilmoqda. Turkiyaning oradagi farqni bartaraf etish bosqichiga kelish e'htimoli bor.

 

Sabah: “Mahalliy turistlar xorijga 4,9 milliard dollar sarfladi"

O'tgan yili chet elga sayohat qilgan 8 million 383 ming Turk fuqarosi, 80,4 % shaxsiy, 19,6 % paket tur doirasida, jami 4 milliard 896 million dollar sarf etgan. Turkiya Statistika Kengashining internet saytida yozilgan bayonotiga ko'ra, Turk fuqarolarining o'tgan yil chet elga fard boshiga o'rtacha turizm xarajati 584 dollar atrofida bo'lgan.


Tanlangan kalimalar: #Matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar