Matbuot sharhlari 14.02.2019

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar Brusselda NATO yig'ilishiga qatnashdi.

1145207
Matbuot sharhlari 14.02.2019

 

Sabah: “Hulusi Akar, Yunon hamkaspi bilan ko'rishdi"

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, kecha Yunoniston Mudofaa Vaziri Apostolakis bilan ko'rishdi. Belgiyaning poytaxti Brusselda bo'lib o'tgan NATO Mudofaa Vazirlari yig'ilishida Turkiyadan qatnashgan Akar o'zaro uchashuvlar o'tkazdi. Akar-Apostolakis uchrashuvda ikki o'lka o'rtisidagi mavjud masalalarni muhokama qildi.

 

Xabar Turk: “Venesuelaga eksport 3 barobarga ko'tarildi"

Turkiyadan Venesuelaga amalga oshirilgan eksport o'tgan yil oldingi yilga ko'ra 222 % ortib 120 million 800 ming dollar bo'ldi. Inflatsiya raqamlari yuqori darajada bo'lgan Venesuelaga Turkiya asosan oziq-ovqat eksort qilmoqda. Eksportda birinchi o'rinda 27 million 886 ming dollar bilan makaron joy oldi. Makarondan keyin 13 million 642 ming dollar bilan kunga boqar moyi, 7 million 860 ming dollar bilan bug'doy uni va 5 million 41 dollar bilan qizil yasmiq joy oldi.

 

Vatan: “TEKNOFEST hayajoni boshladi! Tarixi ma'lum bo'ldi"

Dunyoda eng ulkan ikkinchi havochilik festivali TEKNOFEST Istanbul Havochilk, Fazo va Texnlogiya Festivali, jori yil 17-22 Sentyabr kunlari Otaturk aeraportida bo'ladi. TEKNOFESTni 1 million kishining ziyorat qilishi kutilmoqda. Istanbulda bo'ladigan festival doirasida, yoshlarning zamonaviy texnologiya ustida faoliyat olib borishini qo'llab-quvvatlash uchun 19 farqli kategoriyada texnologiya bellashuvi o'tkaziladi.

 

Hurriyat: “Eronlik turistlar bu gal Palando'kanga oqim etmoqda"

Erzurum Palando'ken Chang'i markazidagi mehmonxonalar, Eronlik turistlarning qiziqishi bilan 90 % to'ldi. Qor sifati, uzun yo'llar, quyosh, tabiati va zamonaviy muassasalari bilan qish turizmida mashhur chang'i markazi Palando'kenga kelgan Eronliklarning aksariyati Turk tilini bilangani uchun qiynalmayotir.

 

Star: “TCG Onado'li yaqinda dengizda bo'ladi"

Milliy Mudofaa Vazirligi tomonidan ijod etilgan ko'p maqsadli hujum kemasi 'TCG Onado'li"ning joriy yilning ilk choyragida suvda bo'lishi rejalangani bildirdi. Vazirlikning ijtimoi media hisobidan "TCG Onad'oli yo'lda" sarlavhasi bilan xabar berildi. Turkiyaning eng buyuk harbiy kemasi bo'lish xususiyatiga ega kemani qurish tasfirlari joy olgan xabaga, "Milliy va mahalliy" bo'lganiga diqqat qaratildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar