Matbuot sharhlari 10.01.2019

Bugungi gazetalardan sharhlar...

1122819
Matbuot sharhlari 10.01.2019

                        

 

Vatan gazetasi, “Turkiya xorijlik sarmoyadorlar uchun joziba markaziga aylanmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an endilikda dunyoning 13-buyuk iqtisodiyotiga aylanganligini bildirib, yil oxirida yana bir pog’ona yuqoriga ko’tarilishini ma’lum qildi.

“O’tgan yili 168.1 mlrd dollar hajmida eksport amalga oshirildi. Turkiya xalqaro investitsiya jihatidan o’z jozibasini saqlab kelmoqda. O’tgan 16 yil mobaynida mamlakatimizga jalb qilingan xorij investitsiyasi miqdori 201 mlrd dollardan oshdi”,-dedi prezident Erdo’g’an.

 

Yeni shafak gazetasi, “Turkiya va Rossiyadan Suriya diplomatiyasi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Rossiya mudofaa vaziri Sergey Sho’ygu bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya milliy mudofaa vazirligining Tvitterdagi rasmiy sahifasida bu haqda bayonot berildi.

“Ikki yetakchi muloqotda Idlibdagi o’zgarishlar va mintaqaviy xavfsizlik masalalari Sochida imzolangan kelishuv doirasida muhokama qilindi”,-deyiladi milliy mudofaa vazirligining Tvitterdagi sahifasida.

 

Star gazetasi, “AQSh Suriyada kimlar bilan hamkorlik qilishini puxta o’ylab ko’rishga majbur” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozishicha, Oq uyning Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Isroilga tashrifi chog’ida, Turkiya Suriyadagi kurd jangarilari xavfsizligini kafolatlamagunicha, AQSh mintaqani tark etmasligi haqida izoh bildirishidan so’ng, uning Turkiyaga tashrifi katta shuv-shuvga sabab bo’ldi.

Terrorizmga qarshi kurash va xavfsizlik bo’yicha mutahassis Abdulloh Ag’arning ta’kidlashicha, Turkiya bilan AQSh Suriya masalasi bo’yicha o’zaro kelishuv ta’minlashi uchun AQSh terror tashkiloti PKK va YPG bilan kurd xalqi o’rtasidagi farqni yaxshilab anglashi kerak.

“G’arb davlatlari agar, PKK va YPG bilan hamkorlik qilishni davom ettiradigan bo’lsa, mavjud bo’shliq kun sayin kengayib boraveradi”,-dedi u.

 

Xabar turk gazetasi, “Xorijdagi turk millioner soni 5779 kishiga yetdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, bankdagi hisobida 1 mln turk lirasidan ortiq pul bo’lgan millioner soni o’tgan yilning 11 oyi mobaynida 37 ming 340 kishiga oshgan holda, jami 176 ming 320 nafarga yetdi.

Millionerlarning banklardagi pulining jami miqdori 2018 yil noyabr oyidan e’tiboran 1 trillion 80 mlrd 73 mln lirani tashkil qildi.

 

Sabah gazetasi, “2030 yilning eng yirik iqtisodiyotlari ma’lum bo’ldi. Turkiya ham bu ro’yxatda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Buyuk Britaniyada joylashgan Standart Chartered PLC bankchilik kompaniyasi 2030 yilga kelib, iqtisodiy jihatdan dunyoning eng badavlat davlatlarini e’lon qildi.

Taxminlarga ko’ra, 2030 yilda dunyoning eng yirik 10 iqtisodiyotidan 7 nafari hozirgi kunda rivojlanib borayotgan mamlakatlar bo’ladi.

Ro’yxatda Turkiya 5-o’rindan joy olgan holda, Germaniya, Yaponiya va Rossiya kabi davlatlarni ortda qoldirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot sharhlari , #gazeta

Aloqador xabarlar