Matbuot sharhlar 04.01.2019

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, kecha rasmiy safar uchun Turkiyada bo’lgan Iroq Prezidenti Barahm Salihni rasmiy marosim bilan kutib oldi.

1119007
Matbuot sharhlar 04.01.2019


Haber Turk: “ Prezident Erdo’g’an, Iroq Prezident Salih bilan uchrashdi”

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, kecha rasmiy safar uchun Turkiyada bo’lgan Iroq Prezidenti

Barahm Salihni rasmiy marosim bilan kutib oldi. O’zaro  va hay’atlar ora uchrashuvning ortidan  uyushtirgan qo’shma matbuoti anjumanida Erdo’g’an, “ Turkiya, Iroqning  qaytadan qurilishida har turli yordamga tayyor dedi. To’qnashuvlar  natijasida ziyon yetkazilgan joylarning qurilishi birinchi o’rinda bo’lib, poydevor loyihalariga tayyormiz, o’zaro savdo o’tgan yil 16 milliard dollar miqdori  bilan rekord saviyaga borgan edik, hozir esa buni 20 milliard dollarga  ko’taramiz..” dedi.

Vatan:” Turkiya va AQSh Sharqiy O’rta yer dengizda mushtarak dengiz ta’limi amalga oshirdi”

Milliy mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqda sahifasida bergan bayonotga ko’ra, Dengiz kuchlariga oid TCG Gaziantep, TCG Gemlik kemalari, bir dengiz vertolyoti  va ikki F- 16 samolyot bilan Amerika qo’shma shtatlari  Dengiz kuchlariga oid USS PORTER  harbiy vositalarining ishtiroki bilan, 2019- yili 3- yanvar kuni, Sharqiy o’rta yer dengizda xalqaro suvlarda dengiz ta’limlari ijro etildi.

Hurriyat: Vazir Albayrak juda muhim  bir bayonot  berdi”

Xazina va Moliya vaziri Berat Albayrak, inflatsiya raqamlarini  muhokama qilib, joriy yilning oxirida  bu mavzuda o’z oldimizga qo’ygan maqsadimizga erishamiz” deb qayd etdi.

Yeni shafak: İnflatsiya raqamlari e’lon qilindi”

Turkiya statistik  tashkiloti 2018- yili dekabr oyi inflatsiya raqamlarini  e’lon qilindi. Bunga  ko’ra inflatsiya dekabr oyida 0,40 foiz nisbatida  kamaydi. Yillik inflatsiya esa 20,30 foiz  sifatida amalga oshdi.

Sabah: “ Oziq ovqatlarda kanserogen  mahsulotlarni  aniqlash uchun mahalliy jihoz ishlab chiqardi”  

Sanoat va texnologiya Vaziri Mustafa Varank, chet eldan olib kelingan oziq ovqat mahsulotlarida kanserogen material bo’lib bo’lmasligini aniqlash uchun oziq- ovqatni  tekshiradigan  bir jihoz Turkiya ilmiy va texnologik tadqiqot tashkiloti(TUITAK) tomonidan “ AlFAMAM” nomi bilan ishlab chiqarildi.
 

 


Tanlangan kalimalar: #Turk matbuot , #Yangiliklar

Aloqador xabarlar