Germaniyada Turk tilida nashr etilgan kitob va madaniyat yarmarkasi ochildi

Germaniyaning Duisburg shahri yaqinida joylashgan Rheinberg shaharchasida “Astec” deb nomlangan Turk tilida nashr etilgan kitob va madaniyat yarmarkasi ochildi.

1116197
Germaniyada Turk tilida nashr etilgan kitob va madaniyat yarmarkasi ochildi

Germaniyaning Duisburg shahri yaqinida joylashgan Rheinberg shaharchasida “Astec” deb nomlangan navbatdagi Turk tilida nashr etilgan kitob va madaniyat yarmarkasi ochildi.

Yarmarka kecha rasmiy marosim bilan ochilar ekan unda eng avvalo yarmarka tashkilotchisi Ahmet Tunch, Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi vakili Ismail Yildiz, Dusseldolf Bosh konsulligining Ta’lim atteshesi Hajer O’zdog’an, Turkiya Respublikasining Berlindagi elchixonasining Din xizmatlari maslahatchisi Kazim Turkmen va Dusseldolf Bosh konsuli o’rinbosari Fatma Tashan Jebeji navbat bilan nutq so’zladilar.

Roppa-rosa 15 ming kvadrat metrlik maydonda tashkil etilgan “Astec” kitob va madaniyat yarmarkasiga Turkiyadan 4 ta yuk tashuvchi mashina orqali kitob yuborildi.

Yarmarkada shuningdek Turkiyadan 60 ta, Gollandiyadan 2 ta va Germaniyadan 4 ta nashriyot ishtirok etdi.  

Kitob yarmarkasiga Germaniyaning tort burchagidan tashrif buyurgan kibotxonlar, yarmarka davomida yozuvchilarning imzo kunlari va konferentsiyalarida ishtirok etish imkoniga egalar.

Aytib o’tish joizki yarmarka 2019-yilning 6-yanvarigacha ochiq.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar