Matbuot sharhlari 28.06.2018

Mehmet Shimshek Tukiyaning yangi tizimda iqtisodiy jihatdan tezda rivjlanishini bildirdi.

1001517
Matbuot sharhlari 28.06.2018

 

Yeni Shafak gazetasi: "Mehmet Shimshek, rivojlanishni imo qildi" deb yozmoqda.

Bosh vazir o'rinbosari Mehmet Shimshek yangi davr bilan aloqali ishora qildi. Shimshek saylovdan keyin kuchga kiradigan yangi tizim bilan Turkiyaning iqtisodiy jihatdan rivojlanishini izohladi.

 

Xabar Turk gazetasi: "Nihat Zeybekchi: AQShning qarori bizni qiziqtirmaydi" deb chop etgan.

Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Amerika qo'shma shtatlarining (AQSh) ittifoqdoshlariga Erondan neft import qilishni 4- Noyabr kunigacha to'xtatish chaqirig'ini "AQShning qarori bizni qiziqtirmaydi" dedi.

 

Star gazetasi: "Tuz Ko'li Tabiiy Gaz Zaxiralash muassasasining 1,2 milliard dollarlik kredit kelishuvi tuzdi" deb yozmoqda.

Tuz Ko'li Tabiiy gaz zaxiralash muassasasining hajmini kengaytirish uchun xalqaro finans tashkilotlari bilan 1,2 milliard dollarlik kredit shartnomasi tuzdi. Kelishuvga qo'l qo'yish marosimida so'zlagan vazir Albayrak, 'Turkiyaning milliy energiya va konchilik siyosatini e'lon qildik" dedi.

 

Sabah gazetasi: " Bodrumda dengiz turistlar bilan to'lgan" deb chop etmoqda. 

Mug'la viloyatining Bodrum tumanida 2018- yili ikkinchi marta tashrif etgan Malta bayrog'li "Mein Schiff 2" nomli yo'lovchi kemasi bilan 2 ming 77 nemis turist tashrif etdi. Chorsuda aylanib, savdo sotiq qilgan turistlar, savdogarlarni xursand qildi.

 

Hurriyat gazetasi: "Qayta kelaman" deb yozmoqda.

Pop dunyosining afsonaviy vokalisti Anastacia, Duyo turniri doirasida Turkiyaga tashrif etdi. Amerikali xonanda, oldingi oqshom Bodrum Yalikavak Marinada konsert berdi. Anastacia, Bodrumga lol qolganini izohladi: "Bundan avval Istanbulga kelgan edim lekin Bodrum bir boshqa. Ilk ko'rganimda bu yer darhaqiqat Turkiyami dedim. Kun botimini ko'dingizmi? Ajoyib. Albatta qayta kelaman" dedi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar