Matbuot sharhlari 11.05.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

968779
Matbuot sharhlari 11.05.2018

Sabah gazetasi, “Erdo’g’an Eron prezidenti bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefonda muloqot qildi.

Suhbatda AQShning Eron bilan imzolangan yadroviy kelishuvdan chiqish haqidagi qarori muhokama qilindi.

Erdo’g’an AQShning bu qarori to’g’ri qaror emasligini, mushtarak harakatlar rejasini saqlab qolish tarafdori ekanligini bildirdi.

Prezidentlar ikki davlat o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga kelishib oldi.

Vatan gazetasi, “Investorlar Turkiyaning salohiyatini ko’rib turibdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Berat Albayrak xalqaro investorlar jamiyati kengashi yig’ilishida ma’ruza qildi.

Iqtisodiyotning yarmi moliyaviy ko’rsatgichlar, yarmi esa psixologik ko’rsatgichlar ekanligini tilga olgan Albayrak: “Investorlar har qanday chalg’itishlarga qaramay, Turkiyaning katta salohiyatga ega ekanligini ko’rib turibdi. Bunga ishonmoqda. Bugungi kunda Turkiyada faoliyat ko’rsatayotgan xorijlik firmalar mavjud ishlarni yana ham kengaytirish uchun investitsiya darajasini oshirmoqda”,-dedi.

Star gazetasi, “Efes-2018 mashg’ulotida mahalliy texnologiyalar yuqori baholandi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya qurolli kuchlari tomonidan Izmirning Seferihisar tumaniga qarashli Do’g’anbey hududida xalqaro miqyosda harbiy mashg’ulotlar o’tkazilmoqda.

Mashg’ulotlarda milliy mudofaa texnologiyalari amalda sinab ko’rilmoqda. Mashg’ulotlarda ilk marta “Bayraktar” nomli milliy tank tashuvchi kema, milliy TCG Buyukada kemasi, qurolli havo mudofaa tizimi “Korkut”, lazerli “Jirit” raketasi, lazerli uzun masofali “Umtas” raketasi, zamonaviy piyoda miltig’i MPT-76, amfibiya zirhli jangovar ish mashinasi “Kunduz” va 203 mm obuslar muvaffaqiyatli sinab ko’rildi.

Hurriyat gazetasi, “Hulusi Akardan Egey va Kipr bayonoti” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya harbiy bosh shtab rahbari general Hulusi Akar Turkiya qurolli kuchlarining “Efes-2018” harbiy mashg’ulotini kuzatib bordi.

“Turkiya qurolli kuchlari sharqiy O’rta yer dengizida Turkiyaning va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining huquq va manfaatlarini himoya qilishga, Kipr orolida xalqaro kafolat va ittifoq bitimlari asosida tinchlik va xavfsizlikning kafolati bo’lishni davom ettiradi. Bu doirada Turkiya qurolli kuchlari xoh Egeyda bo’lsin, xoh Sharqiy O’rta yer dengizida bo’lsin har qanday chora-tadbirni olishga haqlidir”,-dedi Hulusi Akar.

Xabar turk gazetasi, “Nemis va rus sayyohlar kelmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Antaliya hokimligi ma’lum qilishicha, 2018 yilning yanvar-aprel oylarida shaharga havo yo’li orqali 1 mln 201 ming 653 nafar sayyoh keldi.

Joriy yilning dastlabki 4 oyi mobaynida Antaliyaga kelgan xorijlik sayyohlar soni 2017 yilning ayni davriga nisbatab 41% oshdi.

2017 yilning ayni mavsumida 855 ming 23 sayyoh kelgandi. Turkiyaga bu davrda eng ko’p sayyoh asosan germaniya va Rossiyadan keldi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #xabarlar , #sharhlar

Aloqador xabarlar