Matbuot sharhlari 05.03.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

923164
Matbuot sharhlari 05.03.2018

                            

Sabah gazetasi: “Erdo’g’an: Bugun Afrin, ertaga Menbich” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ak partiya Mug’la ayol deputatlar 5-favqulodda kongressiga ba’zi sabablar tufayli qatnasha olmadi, lekin kongressga maktub yo’lladi.

“Biz istiqlolimiz va istiqbolimiz uchun xizmatga tayyormiz. Kurashimizni davom ettiramiz. Xozirda Afrinda terroristlarga qarshi kurashyabmiz, keyin Menbichga o’tamiz, undan keyin Evfrat daryosining sharqidan to Iroq chegarasigacha bo’lgan bepoyon hududlarni terroristlardan tozalaymiz. Shahidlarimiz qoni yerda qolmaydi. Ularning mehnati zoye ketmaydi”,-deb yozadi Erdo’g’an.

Hurriyat gazetasi: “Afrin o’z egalariga topshiriladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim: ““Evfrat qalqoni” nomli harbiy amaliyotda qanchalik xavfsiz hududlarni tashkil qilgan bo’lsak, Afrinda ham xavfsiz hududlarni tashkil qilib, uni o’z egalariga topshiramiz”,-dedi.

“Biz suriyalik va iroqlik qardoshlarimizning azob-uqubatini tindirmoqchimiz. Afrinni o’z egalari bo’lgan arablarga, kurdlarga, turkmanlarga va zulm ko’rgan tinch aholiga topshirmoqchimiz. Mazlumlarning yarasiga malham bo’lmoqchimiz. Qardoshlarimizni zulmdan qutqaramiz”,-dedi Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim.

Xabar turk gazetasi: “Mehmet Shimshekning inflyatsiya taxmini” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, iqtisodiyotdan mas’ul bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek teleko’rsatuvda savollarga javob berdi.

“Inflyatsiya pasayadi. Men shunga ishonamanki, Turkiya mustahkam byudjeti va iqtisodiyoti bilan risk darajasini minimumga tushiradi”,-dedi Mehmet Shimshek.

Star gazetasi: “Ko’rfaz inqirozi bilan birga Turkiya va Qatarning diplomatik va tijoriy munosabatlari mustahkamlandi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya bilan Qatar o’rtasidagi diplomatik munosabatlarga 45 yil to’lar ekan, bu jarayonda ikki mamlakat o’rtasida aloqalar kundan kunga rivojlanib bormoqda.

Iyun oyida boshlangan ko’rfaz inqirozidan 2017 yil yakunigacha bo’lgan vaqt mobaynida, Turkiyaning Qatarga amalga oshirgan eksport hajmi 2016 yilga nisbatan ikki barobar oshdi.

2017 yilning iyun oyi bilan dekabr oyi o’rtasida Turkiyadan Qatarga mahsulot eksport qilgan firma soni 2 ming 721 nafarga yetdi.

Inqiroz davrida Qatarga mahsulot eksport qilgan shaharlar soni 13 taga ko’paygan holda jami 60 nafarga yetdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #xabar , #Turkiya

Aloqador xabarlar