Matbuot sharhlari 03.02.2018

Turkiya Prezidenti Erdo'g'an, Senegalda sobiq Fransiya Prezidentining so'zlarini eslatdi.

921419
Matbuot sharhlari 03.02.2018

 

Star gazetasi: “Turklarning Afrindagi ishlari Fransuzlarni lol qoldirdi" deb chop etmoqda.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'an, Turkiya-Senegla Ish forumida so'zga chiqdi. Erdo'g'anning, Sobiq Fransiya Prezidenti Franchios Hollande bilan aloqali aytganlari diqat tortdi. Senegaldagi aeraportning Turklar tomonidan qisqa orada qurilishidan g'ururlanganliklariga diqat qaratgan Erdo'g'an, "Janob Hollande, bu yerdaGİ bir yig'ilishda ishtirok etganida 'buni Fransuz injinerler mi qurdi?" deb so'ragan edi. "Yo'q, bu yerni Turk injinerlar qurdilar" javobini olgach hayron qolgan edi. Mavjud Fransiya Prezidenti Emannuel Mavron ham aeraportni Turklarning qurganini o'rganib hayron qolgan edi" deb ifoda etdi.

Vatan gazetasi. "AQSh YPG mavzusida so'zini tutganini ilgari surdi" deb chop etmoqda.

Yuqori darajali bir AQShlik vakil, AQShning Turkiyaga, terror tashkiloti PKKning Suriyadagi bo'limi PYD-YPGning Suriyaning Munbich shahridan chiqganini "Munbichdagi YPG bilan aloqali va'damizga vafo qilamiz. Maqsadimiz u yerda YPGni bartaraf qilishdir" deb so'zladi. Turkiya bilan AQSh o'rtasida mushtarak bir mexanim bo'lganini ifoda etgan vakil, Afrin operatsiyasi mavzusida Turkiyaning xavfsizlik mavzusida xavotirlarini tushunganliklarini izohahladi.

Sabah gazetasi: "5G ga o'tgan ilk davlat bo'lamiz" deb yozmoqda.

Transport, Dengizchilik va Xabarlashuv Vaziri Ahmet Arslan, Ispaniyaning Barselona shahrida uyushtirilgan GSMA ko'gazmasiga Turkiyaning ishtirok etishiga baho berdi. "2016 yili 4.5 G ga o'tgandan keyin hammaning maqsadi 2020-yili 5G o'tish bo'ldi. 5G ga o'tgan ilk davlat bo'lmochimiz" dedi. GSM sektorining Turkiyada muhim faoliyatlar olib borganini ifoda etgan Arslan, "Turkiya 5G mavzusida muvaffaqiyatlar qo'lga kiritgan. Eski paytlar boshqa davlatlardan yordam kutgan, ma'lumot talab qilgan bir davlat edi. Hozirda texnologiyamiz va vaziyatimizga loyig'i bilan kelganmiz. Bizdan dastak istagan davlatlar mavjud" deb ifoda etdi.

Xabar Turk gazetasi: "Turkiya Yevropalik turistlar mavzusida ijobiy tushunadi" deb yozmoqda. 

Turkiya Mehmonxonalar Ittifoqi boshqaruv Kengashi rahbari Timur Bayindir, 2018- yili boshida Niderlaniya va Ispaniya ko'rgazmasiga ishtirok etganliklarini, turizmda Yevropadan ijobiy ishoralar olganliklarini bildirb, "Yevropadan yaxshi xabarlar kutamiz" dedi. Bayindir turizm ko'rgazmasining an'anaviy uchrashuvida so'zlagan nutqida, Turkiyaga kelgan xorijlik turist sonining Yanvar oyi 38,48 % ortganini 1, 46 millionga borib yetganini bildirgan edi.

Yeni Shafak gazetasi: "Rossiya, qishloq-xo'jalik mahsulotlarini yana Turkiyadan oladi" deb chop etmoqda.

Rossiyaning, Turkiyadan qalampir, baqlajon, salat, anor va qovoq import qilish cheklovlari bekor qilindi. Rossiya qishloq xo'jalik mahsulotlari Nazorat Kengashi Rosselhoznadzor bu haqda bayonot berdi. Kengashning matbuot voizi Yuliya Melano mavzuga doir: "5-Mardan e'tiboran Turkiyadan, qalampir, baqlojon, salat va anor kabi mahlulotlarni qaytadan olishga qaror qildik" dedi. Rossiya bilan samolyot inqirozidan keyin 2016-yil 1-Yanvar kuni pomidor, qalampir, salat, anar va qovoq importini to'xtatgan edi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar