Matbuot sharhlari 28.02.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

919945
Matbuot sharhlari 28.02.2018

                                

Star gazetasi “Jazoyir bilan 1 mlrd dollarlik shartnoma imzolandi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiya-Jazoyir biznes forumida so’zlagan nutqida “Jazoyirning “SONATRACH” milliy energiya shirkati bilan Turkiyaning “Ronesans” va “Bayegan” shirkatlari o’rtasida neft-kimyo sohasida  1 mlrd dollarlik investitsiya shartnomasi imzolandi.

Sabah gazetasi, “Turkiyadan Chexiyaga nota” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori PYD-YPG yetakchilaridan Salih Muslimni qo’yib yuborgan Chexiyaga nota berdi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lu Jazoyirda matbuotga intervyu berdi.

PYD-YPG terror tashkiloti yetakchisi Salih Muslimning Chexiya sudi tomonidan qo’yib yuborilganligini qoralagan Mavlud Chavushog’lu: “Chexiyaga nota berdik. Bu ishni o’z holiga tashlab qo’ymaymiz”,-dedi.

Vatan gazetasi, “Mehmet Shimshekdan eksportchilarga dalda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek bugungi kunda Turkiya eksport bo’yicha juda katta rejalarni o’z oldiga maqsad qilib qo’yganligini bildirib, soha mutahassislariga “Hukumat sifatida biz sizlarni qo’llab quvvatlaymiz. Har jihatdan yordam berishga tayyormiz”,-deya dalda berdi.

Xabar turk gazetasi, “Qozog’istondan turk tadbirkorlarga 47 loyiha bo’yicha taklif” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Qozog’iston turk tadbirkorlariga iqtisodiyotning turli sohalari bo’yicha 47 ta investitsiya loyihasida o’rin olishni taklif qildi.

Bu haqda Qozog’iston bosh vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Kazakh invest milliy investitsiya kampaniyasi boshqaruv kengashi rahbari Saparbek Tuyakbayev o’tgan hafta Turkiyaga amalga oshirgan tashrifi doirasida, turk tadbikorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Tuyakbayev turk tadbirkorlarga Qozog’istonda turli sohalarni o’z ichiga olgan jami 47 ta ulkan investitsiya loyihasini zimmasiga olishni taklif qildi.

Yeni shafak gazetasi, “Dunyoda ilk marta Turkiyada sinab ko’riladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Ispaniyada dunyo bo’yicha ilg’or kampaniyalar bilan Turkiya o’rtasida juda muhim shartnoma imzolandi.

Mobil dunyo kongressida tuzilgan shartnoma asosida 5G va yangi ivlod aloqa texnologiyalari dunyoda birinchi bor Turkiyada sinab ko’riladi va hayotga tadbiq etiladi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot , #gazeta , #xabar

Aloqador xabarlar