Matbuot sharhlari 26.02.2018

Prezident Rejep Tayyib Erdo'g'an, Chexiyada qo'lga olingan Salih Muslimning Turkiyaga topshirilishini istadi.

918140
Matbuot sharhlari 26.02.2018

 

Vatan gazetasi: "Erdo'g'an Salih Muslim haqida so'zladi" deb yozmoqda.

Turkiya Prezidenti Adolat va Rivojlanish Partiyasi Bosh rahbari Rejep Tayyib Erdo'g'an, Chexiyada qo'lga olingan terror tashkiloti PYD/PKKning sobiq a'zosi Salih Muslimning Turkiyaga qaytarib berishidan umidvor ekanligini izohladi. Erdo'g'an, Shonliurfada so'zlagan nutqida, "Umid qilamizki Chexiya Muslimni bizga topshiradi va adolat o'z o'rnini topadi. Bunlar ummatni bo'lib millatni parchaladilar. Shu uchun terrorga qarshi kurashayapmiz. Bizning Kurt birodarlarimiz bilan bir masalamiz yo'q biz faqat terrorni bartafar qilamiz" dedi.

Yeni Shafak gazetasi:  Binali Yildirimning "Mudofaa sanoatiga kiritilgan sarmoya miqdori 35 miliar dollarga borib yetgandir" degan so'zlariga o'rin bermoqda.

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim, Kojaeli viloyatidagi Go'ljuk kemasozlik qo'monqonligida Muratreis dengizosti kemasi ishlab chiqarish marosimiga qatnashdi. Yildirm, "Hozirgi kungacha mudofaa sanoatiga kiritilgan sarmoya miqdori 35 milliard dollarni oshdi. Shuningdek mudofaa sanoatining eksport hajmi 2 milliard dollarni oshdi" deb maruza qildi.

Star gazetasi: "Turk zirhli vositalari Senegalni qo'riqlaydi" deb chop etmoqda.

Turk mudofaa sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan zirhli quruqlik vositalaridan tashqari boshqa unsurlarga ham bo'lgan qiziqish eskportga imkon yaratdi. So'ng o'laroq, Nurol Makina tomonidan ishlab chiqarilgan 4x4 zirhli jangovor vosita Ejder Yalchin va ommaviy hodisalarda ishlatilgan Ejder TOMA vositalariga talab katta.

Xabar Turk gazetasi: "Turizm jannati endi aeraportlari bilan to'liq xizmatga o'tadi" deb chop etmoqda. 

Yoz mavsumi turizmning markazidan biri bo'lgan Cheshme, Alachatida qurilishi mo'ljallangan aeraport soyasida har mavsum xizmat berishga tayyorlanmoqda. Turkiya Mehmonxonalar Federatsiyasi rahbari o'rinbosari Mehmet Ishler, turizmning tunash, tur operatori va transport xizmati sifatida 3 liniya ustida qurilganini bildirib, tumandagi tunash joylari va turizm agentliklari mavjud bo'lganini, transport sohasidagi kamchilikning bartaf qilinishi bilan dunyo bo'ylab muhim bir markazga aylanishini izohladi.

Hurriyat gazetasi: "Turizmdan kelgan daromadning 22.5 % xorijdagi turklardan" deb yozmoqda.

Turkiyaning 2017- yili 26,3 milliard dollar bo'lgan turizm daromadining 22,5 % bo'limining xorijda yashagan Turk fuqarolarning xarajatlaridan tashkil topmoqda. O'rtayer Dengizi Mehmonxonalar va Menejementlar Ittifoqidan berilgan bayonotga ko'ra, 2017- yili Turkiyaga tashrif etgan xorijlikdan har birining qilgan xarajati o'rtacha 630, chet eldan kelgan turklarning xarajati esa 903 dollar atrofida.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar