Matbuot Sharhlari  3.11.2017

Sabah: “ Prezidentlik voizi Kalinning  zilzila borasidagi izohi”

846417
Matbuot  Sharhlari  3.11.2017

 

Sabah: “ Prezidentlik voizi Kalinning  zilzila borasidagi izohi”

Prezidentlik voizi Ibrahim Kalin, Iroqda sodir bo’lgan zilzila  borasida Twitter hisobidan  tarqatgan xabarda, “ Iroqning shimolida sodir bo’lgan zilzila  sababli AFAD, Qizil yorim oy jamiyati  va boshqa tashkilotlarimiz, izlash- qutqarish faoliyatlari va dori –darmon adyol, gumanitar yordamlar uchun faoliyatga o’tgan vaziyatda deb  ma’lum qilib  hamdardlik bildirdi”  deb qayd etildi.

Yeni Shafak “ Uch muhim ziyorat”

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an Rossiyaga uyushtirgan safarida, o’zaro aloqalar bilan bir qatorda mintaqaviy va xalqaro mavzular muhokama qilinadi. Prezidentlik voizi, Ibrahim Kalin,

Prezident Erdo’g’an 13-15 noyabrda Rossiya, Quvayt va Qatarga uyushtiradigan safar bilan aloqa tarqatgan yozma bayonotida, Prezident Erdo’g’an dastlab Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan So’chida uchrashadi. Uchrashuvda, ikki o’lka o’rtasidagi savdoni rivojlantirish, energetika, viza rejimi kabi mavzular muhokama qilinadi. Erdo’g’an,Rossiya safarining ortidan Quvaytga boradi. Turkiya va Quvayt o’rtasidagi savdo, sayyohlik, harbiy, ta’lim madaniyat sohalarida kelishuv memorandumlari  imzolanadi. Ortidan Erdo’g’an, Turkiya- Qatar Oliy strategik qo’mitaning uchinchi yig’ilish uchun Qatarga boradi.

Hurriyat: “11 Sentabrda kimsa AQShdan dalil so’ramadi”

Bosh vazir Binali Yildirim Amerika qo’shma shatlari (AQSh) Amerikan CNN televideniyesi dastur boshlovchisi Fareed Zakarianing savollariga javob berdi.  

Dastur boshlovchisi,  Fatullahchi terror tashkiloti parallel davlat tuzilishi (FETO /PDY) To’da boshchisi Fatulloh Gulen bilan tegishli dalillar Vashington tomonidan kuchli dalil va ishontiruv deb topilmadi degan savolga, Bosh vazir, Turkiya 11- sentabr hujumidan keyin AQShga ko’rsatgan munosabat bilan javob berdi.  Yordam taklif etgan yagona o’lka ekanini aytgan Yildirim, “Hech kim AQShga” Al- qoidaning hujum  qilganiga  doir bir dalil bor mi deya so’rmadi” deb javob berdi.

Haber Turk: “ Turkiyaga yana ko’proq fond jalb etadigan tartibotlar kelyapti”

İqtisodiyotdan mas’ul Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek, to’rva qonun loyihasida o’rin olgan tartibot bilan Xazina to’g’ridan fondlarni manba bilan ta’min etadi. “ Shu bois xorijiy  fondlari Turkiyaga yana uzoq muddat sarmoya kiritishga rag’batlantiriladi.” Dedi.

Shimshek, 2014- yilida Xazina maslahatchiligi  tashabbusi bilan  sarmoyasi yoki mushtarak  sarmoya fondlari moliyaviy jihatdan  ta’min etgan ust fondlarga manba  ta’min etish uchun salohiyat berilganini eslatdi. Ushbu tartibot bilan tashabbus muhitida kutilgandan  yana  muhim bir ta’sir qoldiradi dedi.

Vatan:  Marafonda Keniya muvaffaqiyati”

Istanbul  Ando’li tomonida start berilgan va yevropa yoqasida yakunlangan Vodafone 39- Istanbul Marafonida erkaklarda 2 soat 11 daqiqalik daraja bilan Keniyada tug’lib o’sgan  Fransuz  atletikachi Abraham Kiprotich, xotin- qizlarda esa 02 soat 22 daqiqali daraja bilan Keniyalik atletikachi  Ruth Chepnegetich  zafarga erishdi.

Istanbul shahar hokimligi  va Sport Istanbul tomonidan tashkillashtirilgan eng yirik poyga bo’lgan  42 kilometr 195 metrlik marafon starti 15- iyul shahidlar ko’prigi kirishining qarib  250 metr orqasida yoshlik va sport Vaziri O’smon Ashkin Bak, Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbar o’rinbosari Hayati Yaziji, Istanbul  shahar hokimi Mevlut Uysal va Sport bosh direktori Mehmet Baykan bilan birga berdilar. Bu yil 100 o’lkadan taxminan 125 ming kishi ishtitok etgan Istanbul marafonining  mavzusi esa bolalar edi. Tadbirning bu yilgi shiori, “ Bolalarimizning istiqboli uchun chopamiz” deb belgilandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turk matbuotidan , #Gazetalar , #Iroq , #Zilzila

Aloqador xabarlar