Matbuot Sharhlari 10.11.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

845209
Matbuot Sharhlari 10.11.2017

Yeni Shafak gazetasi: “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi”. Bosh vazir Binali Yildirim Amerika Qo’shma Shtatlarida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres bilan uchrashti. Binali Yildirim ushbu uchrashuv haqida bergan bayonotida Guterresning, Turkiyaning atrofidagi beqarorlik yuzasidan tug’ilgan natija va migratsiya voqealari o’rtaga qoygan yukning Turkiya tomonidan katta fidokorlik bilan qabul qilinganligini atab o’tganligini eslatdi. Shuningdek BMT tarkibidagi mamlakatlarning Turkiyaning bu faoliyatiga sherik bo’lishlari kerakligini qayd etganligini ham ifoda etdi.  

Star gazetasi: “Mahalliy avtomobil loyihasi faqatgina Turkiyaning emas ayni vaqtda dunyo loyihasi hisoblanadi”. Turkiyaning mahalliy avtomobil ishlab chiqarish loyihasi doirasida ishlab chiqaruvchi firmalar aniqlanar ekan hamon ortidan kerakli faoliyatlar ham boshlatildi. Turkiyaning bir necha viloyati “yangi avtomobil bizning viloyatda ishlab chiqarilsin” der ekan nodavlat tashkilot va firmalardan ham buyurtmalar olina boshladi. Mahalliy avtomobil haqida bayonot bergan Ilm-fan, sanoat va texnologiya vaziri Faruk O’zlu mahalliy avtomobil faqatgina Turkiyaning emas ayni vaqtda butun dunyo loyihasi ekanligini eslatib, “Biz ham bugun xalqaro bir necha firma kabi dunyoning turli nuqtalarida avtomobil fabrikalari qurishni rejalashtirmoqdamiz” dedi.



Aloqador xabarlar