Matbuot sharhlari 17.10.2017

Bugungi gazetalardan sharhlar...

828634
Matbuot sharhlari 17.10.2017

                                

Hurriyat gazetasi, “Turkiya Iroq shimoli uchun havo hududini yopishga qaror berdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya hukumati 25 sentyabr kuni davlat konstitutsiyasiga hilof ravishda mustaqillik referendumini o’tkazgan Iroq kurd mintaqaviy boshqaruviga Kerkukning demografik tuzilishini buzadigan tashabbuslarga qo’l urgani uchun havo hududini yopishga qaror berdi.

Bundan buyon samolyotlar Turkiya havo hududi orqali Iroq kurd mintaqaviy boshqaruviga parvoz qila olmaydi.

U yerdan parvoz qilgan samolyotlar Turkiya havo hududidan o’ta olmaydi.

Turkiya-Iroq chegarasidagi "Ibrohim Xalil" nazorat-o'tkazish punktini Iroq hukumati nazoratiga o’tkazish uchun kerakli faoliyatlarni boshlashga qaror berilgan.

Xabar turk gazetasi, “AQSh bilan Turkiya o’rtasidagi viza inqirozini to’xtatish ikki davlat manfaatiga xizmat qiladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya bosh vazir o’rinbosari va hukumat kotibi Bekir Bozdag’ Turkiya-AQSh munosabatlari bundan oldin ham juda katta sinovlardan o’tganini, lekin bunga qaramay viza inqirozi kabi muammo yuzaga chiqmaganini tilga oldi.

AQShning Turkiyadagi elchisi vashingtonga to’g’ri ma’lumot yetkazmaganini bildirgan Bekir Bozdag’: “Agar elchi to’g’ri ma’lumot yetkazganda edi, bunday qaror olinmagan bo’lardi. AQSh delegatsiyasi Turkiyaga keldi. Tashqi ishlar vazirligi, adolat va ichki ishlar vazirligining maslahatchilari to’planib o’zaro muzokara o’tkazadilar. Umid qilamanki, bu masala ijobiy hal bo’ladi”,-dedi.

Sabah gazetasi, “Somalidagi yaradorlar Turkiyaga keltirildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Mogadishoda 300 kishining hayotiga zomin bo’lgan terrorchilik harakatidan so’ng, Somaliga yordam qo’lini uzatdi.

Somalidagi yaradorlar Turkiya prezidentining buyrug’i bilan maxsus samolyotda Ankaraga keltirildi.

Shuningdek, tashqi ishlar vazirligi, sog’liqni saqlash vazirligi, ichki ishlar vazirligi, Turk qizil yarim oy jamiyati va harbiy bosh shtabdan bir guruh mutahassis tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi nazoratida Mogadishoga yuborildi.

Sog’liqni saqlash vazirligi samolyotda 10 tonna dori-darmon va tibbiy ashyo jo’natdi.

Vatan gazetasi, “Mahalliy dori firmasi Yevropaga mahsulot eksportini boshladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyada dori ishlab chiqaruvchi “Pharmactive” firmasi Yaqin sharq, Bolqonlar va Osiyo davlatlaridan so’ng, bu safar Yevropa davlatlariga ham dori eksport qila boshladi.

Ushbu firma Avstriya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Gollandiya, Malta, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Mojaristonga dori eksport qila boshladi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #Turkiya , #matbuot , #xabar

Aloqador xabarlar