Matbuot Sharhlari 19.09.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

810187
Matbuot Sharhlari 19.09.2017

Hurriyet gazetasi: “Istanbul BMTning markazi bo’lsin”. Prezident Erdog’an Nyu-Yorkda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosining ro’parasida quriladigan “Turkevi” yani “Turk uyi”ning poydevorini quyish marosimida ishtirok etdi. Erdog’an huddi ana shu marosimda so’zlagan nutqida BMTning o’zgargan shartlarga amal qila olishi uchun reforma o’tkazishi kerakligini belgilab, o’z so’zini quyidagicha davom etdi: “Bu yil reforma masalasi kun tartibiga olib chiqildi lekin unda tuzilmaviy reforma say-harakatini hali hanuz uchratganimiz yo’q. Eng asosiysi BMTning tuzilishi ustidagi reformadır. Istanbulning, BMTning markazi bo’lishi to’g’risidagi taklif bilan chiqdik. Insoniy qadriyatlar ustida biz insho etgan tashqi siyosatimiz va diplomatiyamiz kuchiga-kuch qo’shishlik uchun bu markaz bizni maqsadlarimizga erishimizga yol’ ochadi”.   

Haberturk gazetasi: “Turkiya-Iroq chegarasida, Iroqdagi Kurd mintaqaviy boshqaruvi raisi ogohlantirildi”. Prezident Erdog’an avvalroq, 22-sentabr kuni bo’lib o’tadigan Milliy Xavfsizlik kengashi yig’ilishida sun’iy davlat qurmoqchi bo’lganlar borasida keskin qarorlar qabul qilinajagiga e’tibor qaratar ekan, Bosh vazir Binali Yildirim ham kecha Shanliurfada huddi mana shu masalaga to’xtaldi va bu borada, “Sun’iy davlat qurishga harakat qilayotganlar o’z vaqtida kerakli javobini ham oladilar” dedi. Yildirimning “Turkiya qarorlidir, hech ikkilanmaydi” degan kuni Turk Qurolli kuchlari ham mamlakatning Shirnak viloyatidagi Iroq chegarasida 100ga yaqin tank, gaubitsa va zirhli mashina bilan amaliyot boshlatdi.

Sabah gazetasi: “Turkiya iqtisodiyoti yilning oxirigacha yana 5.5 foizga o’sadi”. Bosh vazir Binali Yildirim shu yilning oxirida Turkiya iqtisodiyotining yana 5.5 foizga o’sishini ma’lum qilar ekan, fuqarolarni ish bilan ta’minlash holatini ham shu yo’l orqali orttirajaklarini qayd etdi. Bugungi kunda butun dunyo davlatining Turkiya iqtisodiyotining qo’l yetkazgan muvaffaqiyati haqida gapirganligini eslatgan Bosh vazir, dunyo bo’ylab xarid qobiliyati paritetiga ko’ra Turkiyaning daromadda 25 ming AQSh dollaridan o’tganligini ta’kidladi.   

Star: “CNR Food Istanbul” yarmarkasi ertaga o’z foliyatini boshlaydi”. “CNR Food Istanbul” yarmarkasi ertaga 20-sentabr kuni o’z foliyatini boshlaydi. Turkiyadagi ushbu yarmarkada birinchi marotaba oziq-ovqat, oziq-ovqatni o’rash va tashqi makon iste’moli tarmog’i yarmarkasi bir kunda, bir manzilda o’tkazilgan bo’ladi. To’rt kun davom etadigan ushbu yarmarkada shu tarmoqdagi dunyonnig yirik firmalari ishtirok etib, ular o’zlarining eng yangi mahsulotlarini qiziquvchilar e’tiboriga namoyish etadi. Shu doirada Amerika Qo’shma Shtatlari, Germaniya, Angliya va Fransiya bosh bo’lish bilan birga dunyonnig 45 davlatidan roppa-rosa 1 500 firma yetakchisii ishtirokchilar bilan uchrashadi.     

 

 



Aloqador xabarlar