Matbuot Sharhlari   18.09.2017

Prezident Erdo’g’an, 25- sentabrda mustaqillik referendumi o’tkazib mintaqani yangi bir urushga olib bormoqchi bo’lgan Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvi Rahbari Barzanini  juda qattiq ogohlantirdi

809052
Matbuot Sharhlari   18.09.2017

 

Yangi Shafak” Iroqni bo’lishiga ruxsat bermaymiz”

Prezident Erdo’g’an, 25- sentabrda mustaqillik referendumi o’tkazib mintaqani yangi bir urushga olib bormoqchi bo’lgan Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvi Rahbari Barzanini  juda qattiq ogohlantirdi. “  Iroqning bo’lishiga qadam tashlasangiz, biz esa sizga davom eting deb qarab turmaymiz. Bu masalani  o’zlariga  juda ko’pa marotaba ta’kidladik.” Dedi. Birlashgan millatlar tashkilotining bosh kengashiga ishtirok etish  uchun Nyu yorkda bo’lgan Erdo’g’an, Shimoliy Iroqdagi jarayonga yangi yakuni qarorni  22- sentabrdagi milliy  xavfsizlik kengashimizda olinadi deb aytdi.

Star “Referendumga qat’iylik ko’rsatilsa Habur chegara eshigini  yopilb  tashlaymiz”

Barzani boshqaruvi, barcha ogohlantiruvlarga qaramasdan “ mustaqillik uchun referendum o’tkazishga  qat’iylik ko’rsatsa, Erbil uchun hayoti  bo’lgan Habur chegara eshigi yopiladi. Turkiya, bir tomondan harbiy masalani  kun tartibida  tutar ekan, boshqa tomondan Erbil boshqaruvining “ iqtisodiy” jihatdan  hayoti bo’lgan Habur Chegara eshigi bilan aloqali alternativalar tayyor vaziyatda dedi, Turkmanlarga  yangi savod yo’li ochish uchun Turkman shahari  bo’lgan Telaferga qarashli Zamar qishlog’i ustidan yangi  bir chegara eshigi ochilishi kun tartibida dedi.

Sabah “ 2018da ham o’sishga davom”

Bosh vazir o’rin bosari Mehmet Shimshek, Turkiya 5 foiz barqaror o’sish raqamida davom etadi. Turkiya eksportchilar majlisi boshchiligida, favqulodda va muxtor elchilar Gaziantepda yig’ilgan sammitga ishtirok etgan Shimshek, “ 2018 o’sishga davom etiladigan bir yil bo’ladi. Buning bilan birgalikda AQSh va Yevropa markaz banki puli jihatdan ham  kengayishga davom etishini ko’ryapmiz” deb aytdi.

Haberturk “Turkiyada ilk marotaba asalarichilik qurultoyi o'tkazildi

Jahon asalarichilar  birligi federatsiyasi tomonidan 1897 yilidan beri uyushtirilib kelgan Apimondia xalqaro asalarichilik kongressi, 120- yilida ilk marotaba Turkiyada amalga oshiriladi.

29- sentabr- 4 oktabr kunlari orasida Istanbul kongress markazida o’tkaziladigan tadbirga 105 o’lkadan 15 nafar ishtirok etishi kutilmoqda. Kongressda asalarilar va asalarichilik bilan  turli lavhalarda konferensiyalar uyushtiriladi.

Hurriyat “ Rimdagidan yana  yirik”

Hatayning Antakya tumanida, Rim davriga oid Hipodrom va ibodat xona  o’rtaga chiqarildi.

Qurilish Rimdagi Circis maximusdan yana yirik ekani taxmin etilmoqda. Taxminan 500 metr masofada va 75 metr kenglikdagi hipodrom  milladdan  oldin 1- asrda insho etilgan va 80 ming kishilik ekani taxmin etilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turk , #Matbuot , #Yangilik

Aloqador xabarlar