Matbuot sharhlari 24.08.2017

Bugungi gazetalardan sharhlar...

795912
Matbuot sharhlari 24.08.2017

               

Xabar turk gazetasi, “AQShga Fathulloh Gulen va PYD ogohlantiruvi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti R.T.Erdo’g’on kuni kecha prezidentlik saroyida AQSh mudofaa vaziri James Mattisni qabul qildi.

Qabulda Suriyada PKK terror tashkilotining hamkori YPG bilan Amerikaning hamkorligini to’xtatish, Turkiya davlatini to’ntarishga tashabbus qilgan Fathulloh Gulen harakatining Amerikada yashagan liderini ekstraditsiya qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvida o’tkaziladigan referendum va Suriyada PYD nazoratida mahalliy saylov o’tkazilishiga Turkiya yo’l qo’ymasligi qayd etildi.

Erdo’g’on Suriyada DAIShdan tozalangan hududlar aholiga qaytarib berilishi kerakligini tilga oldi.

Vatan gazetasi Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning Vetnam ziyoratiga o’rin berdi.

Gazetaning yozishicha, Binali Yildirim Vetnamga tashrifi chog’ida mamlakat bosh vaziri Nhuyen Xuan Phuc bilan uchrashdi. Uchrashuvdan so’ng mushtarak matbuot anjumani o’tkazildi.

Bu ziyorat Vetnam bilan Turkiya o’rtasidagi aloqalarda yangi davrning boshlanishidan darak berishini tilga olgan Yildirim: “Vetnam Uzoq sharq mintaqasida oxirgi yillarda juda katta taraqqiyot loyihalarini amalga oshirdi. Turkiya ham Vetnam kabi taraqqiy etgan davlat. Shu bois, ikki davlat bir-biriga o’xshaydi. Aholi soni ham bir-biriga yaqin. Rivojlanish nisbatlari yuqori”,-dedi.

Star gazetasi, “Tibbiyotda atom davri” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Berat Albayrak Turkiyada atom faqatgina energiya sohasida emas, balki meditsina, telekommunikatsiya, sun’iy yo’ldosh va habarlashuv kabi sohasida ham keng foydalanilishini aytdi.

Shu bois, energiya va meditsiya sohalarida hamkorlik yo’lga qo’yilganini tilga oldi.

Yeni shafak gazetasi, “Milliy astronot markazi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyaning Bursa shahrida dunyoda dastlabki 5 ta koinot va aviatsiya markazlaridan biri bo’ladigan “Go’kmen” koinot aviatsiya va o’quv markazining poydevori qurildi.

Marosimga qatnashgan bosh vazir o’rinbosari Fikri Ishikning aytishicha, ushbu o’quv markazi milliy astronotlarni yetishtirish jihatidan katta ahamiyatga ega ekanini tilga oldi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #Turkiya , #matbuot

Aloqador xabarlar