Matbuot sharhlari 14.07.2017

15 Iyul davlatni to'ntarish tashabbusining yilligida xalq demokratiyani qo'llab-quvvatlashga davom etmoqda.

770664
Matbuot sharhlari 14.07.2017

Sabah: “Demokratiya posbonligi davom etadi” deb chop etmoqda.

15 Iyul davlatni to'ntarish tashabbusining yilligida uyushtirilgan yodga olish marosim va faoliyatlari o'lka bo'ylab davom etmoqda. Shonliurfada Rabia Maydonida to'plangan minglab kishi demokratiyani qo'riqlab shahidlar uchun namoz o'qidi. Hilva va Jeylanpinar tumanlarida ham 15 Iyulda shahid bo'lganlar uchun duolar o'qidilar. Ushakda, shahar maydonida qo'llarida bayroqlar bilan minglab kishi to'plandi. Adapazarida Demokratiya posbonligining ikkinchi kunida Demokratiya Maydoni insonlar bilan to'lib toshar ekan, Qur'on tilavoat qilib, dular o'qindi.

Xabar Turk gazetasi, "Erdo'g'an, 15 Iyul bizning Chonaqqal'amizdir" deganini yozmoqda.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Prezidentlik Kulliyasida uyushtirilgan 15 Iyul shahidlarini yodga olish dasturida so'zlagan nutqida, Erdo'g'an, "Chonaqqal'a zafarini namuna olib Ozodlik kurashimizni qozondik. 15 Iyul kuni bizning yangi Chonaqqal'amizdir" dedi. FETOning to'ntaruv tashabbusini tarqatgan millat bilan faxrlanganini ifoda etgan Erdo'g'an, bu millatning takror FETO kabilarning yaxshi niyatidan foydalanishiga ruxsat berilmasligini izohladi.

Vatan gazetasi: ”Buning natijasi yana ham og'ir bo'ladi" deb yozmoqda. 

Bosh vazir Binali Yildirim Istanbulda jurnalistlarga bergan muloqotida, yangi bir to'ntaruv tashabbusi e'htimoli deyarli bo'lmaganini bildirib, "Lekin bunday bir tentaklik, axmoqlik qiladigan bo'lsalar buning natijasi juda og'ir bo'lishini bilsinlar" dedi.

Yeni Shafak gazetasi, "O'yin sektoriga 60 milliard dollarlik sarmoya dastagi" deb chop etmoqda.

O'yin programmasi yozish sektorini davlat rag'batlantirishga davom etadi. Iqtisodiyot vazirligi, o'yin sektorida Turkiyaning markazga aylanishi uchun o'zgarishlar kiritish arafasida. O'tgan yil 500 million dollarlik daromad kiritilgan o'yin programmalari bilan aloqali o'zgarishlar kiritishga chaqirdi.

Star gazetasi, "Dunyo yulduzlarining makoni Bodrum" deb chop etgan.

Turkiyaning eng go'zal tatil maskanlaridam Bodrumda dam olishga kelgan Braziliyalik model Adriana Limadan keyin Kate Moss ham do'sti bilan Bodrumda bir mehmonxonada dam olmoqda. Kunduzlari mazza qilib quyosh nuri va dengizdan bahraman bo'lgan yulduzlar, kechalari esa lazzatli turk taomlarini tatmoqda.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar