Matbuot Sharhlari 13.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

769931
Matbuot Sharhlari 13.2017

Sabah gazetasi: “YI vaqtimizni bekorga sarflamoqda”. Yevropa ittifoqining Turkiyaning vaqtini bekorga sarflaganligini tanqid qilgan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, “Agar YI Turkiyani o’z tarkibiga qo’shmasligini ochiq-oydin ma’lum qilsa bu vaziyat Turkiya uchun mazmunliroq bo’lar edi” dedi. Prezident Erdog’an Britaniyaning BBC teleradiokompaniyasiga intervyu berar ekan unda Turkiyaning bugungi kundagi kuchiga to’xtaldi. Erdog’an, “Biz aytganimizdan qaytmadik. YIning ochiq-oydin, Turkiyani o’z tarkibiga ololmasligini aytishi bizga xotirjamlik baxsh etadi. Chunki bu vaziaytda biz A va B rejalarimizni boshlatgan bo’lar edik” deya gapirdi.     

Yenishafak gazetasi: “Turkiya investitsiya va joziba markazi hisoblanadi”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an poytaxt Anqarada, Xalqaro yirik firmalarning oliy darajali yetakchilari bilan uchrashuv o’tkazdi. Turkiyada faoliyat ko’rsatayotgan 300 dan ortiq xalqaro firma yetakchilari bilan uchrashgan Ertdog’an, Turkiyaning yana-da ko’proq xalqaro investitsiya bozoriga loyiq ekanligini qayd etdi. Ertdog’an yetakchilarga, “Qandaydir muammo yoki to’siqlikga duch kelsangiz unda to’g’ridan-to’g’ri menga murojaat qilishingiz mumkin” dedi. 

Sabah gazetasi: “Qatar Iqtisodiyot vaziri turk firmalariga ajoyib suyunchli xabar berdi”. Qatar Iqtisodiyot vaziri Ahmad bin Jassim al-Toniy Turkiyaning, Qatar uchun investitsiya va savdo jihatidan strategik sherik ekanligini qayd etdi. Turk firmalarining Qatardagi faoliyatlarini to’xtamay davom ettirganligiga e’tibor qaratgan Toniy, “Turk firmalari o’z faoliyatlarini davom ettirmoqda. Lekin to’rtta davlat firmalari bundan buyon Qatardagi faoliyatlarini davom ettirolmaydi. Shunday ekan Turk firmalari uchun Qatarda yana-da yirik imkonlar yaratilishi mumkin” deya gapirdi.

Star gazetasi: “Iqtisodiyotimizni rivojlantirishga yo’l ochadigan yirik manbaalar”. Turkiya Respublikasi Neft ishlari Bosh direktori O’mer Koja, ko’mir konlaridan qazib olinishi mumkin bo’lgan metan gazi salohiyatining iqtisodiyotga muhim ijobiy hissa qo’shajagini qayd etdi. O’mer Koja, Turkiyadagi ko’mir konlaridan qazib olinishi mumkin bo’lgan metan gazi salohiyatining qariyb 130 milliard kub metr ekanligini eslatib, “bu gazning narxi 37 milliard AQSh dollariga teng” dedi.     

Vatan gazetasi: “Isroil gazining yo’li Turkiyadan o’tadi”. Turkiya, Yevropaning energiya sohasidagi ko’prik bo’lish uchun tayyorgarlik ko’rmoqda. Turkiya bilan Isroil o’rtasidagi munosabatning qayta tiklanishi energiya sohasida yirik hamkorlik uchun imkon yaratdi. Isroilning Energetika, infratuzilma va suv resurslari vaziri Yuval Steinitz Istanbulda bo’lib o’tgan navbatdagi Neft va gaz bo’yicha butunjahon sanoati kongressi doirasida uyushtirilgan vazirlar majlisida so’zlagan nutqida energiyaning, Turkiya bilan Isroil o’rtasida qayta tiklangan o’zaro munosabatning mustahkamlantirilishi jarayonida muhim ramzlardan biri ekanligini qayd etdi. Steinitz “Ikkita muhim quvir liniyasi loyihalari ustida ish olib bormoqdamiz. Ulardan biri Turkiya, ham Turkiyaning ichki iste'moli ham da Yevropaga tabiiy gaz yetkazish uchun Isroildan Turkiyaga uzangan quvir liniyasini joylashtirish” dedi.



Aloqador xabarlar