Matbuot sharhlari 22.06.2017

Bugungi gazetalardan sharhlar...

757764
Matbuot sharhlari 22.06.2017

 

Star gazetasi, “Shahidlar ziyorat qilinadi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Fathulloh Gulen harakatining to’ntaruv tashabbusiga ham mana bir yil to’ldi.

Shu munosabat bilan mamlakat bo’ylab shahidlar xotirasiga atab turli tadbirlar o’tkaziladi.

Bu doirada avvalo barcha viloyat va tumanlarda shahidlarning qabri ziyorat qilinadi.

Shuningdek, ularning ruhiga atab hatmi kur’on tilovat qilinadi.

To’ntaruv tashabbusi sodir bo’lgan kunni unutmaslik uchun 15 va 16 iyul kechasi Ankara va İstanbulda xalq ishtirokida marosimlar o’tkaziladi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning ham Istanbul Bo’g’ozi ko’prigida o’tkaziladigan mitingga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Yeni shafak gazetasi, “Turkiya G’azoni yolg’izlatib qo’ymaydi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, ramazon oyida G’azoga gumanitar yordam jo’natgan Turkiyaga tegishli yana 10 ming tonna gumanitar yordamga to’la “Shafqat” kemasi Isroilning Ashdod portiga yetib bordi.

Kemada 50 ming ta qutida oziq-ovqat mahsuloti, 5 ming tonna un, 100 tonna pechenye va keks, 50 ming dona turli kiyim-kechak, ming dona bayramlık kiyim, 18 ming 100 ta o’yinchoq, 32 ming ta o’quv qurollari va bolalar uchun bayram sovg’asi sifatida 1010 ta velosiped o’rin olgan.

Ushbu mahsulotlar G’azoda muhtoj oilalarga tarqatiladi.

Turk Qizil yarim oy jamiyati G’azoda tabiiy ofat va gumanitar yordam logistika markazini tashkil qilishga tayyorlanmoqda.

Ushbu markaz kelgusi yil xizmatga topshiriladi.

Sabah gazetasi, “Vazir Albayrak suriyalik yetimlar bilan iftorlik qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Energiya va tabiiy manbalar vaziri Berat Albayrak Ankarada suriyalik yetim bolalar bilan birga iftorlik qildi.

Vazir Albayrakka turmush o’rtog’i Esra Albayrak va farzandlari ham hamrohlik qildi.

Iftordan so’ng, Albayrak suriyalik bolalarga sovg’a ulashdi va ular bilan suhbatlashdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #Turkiya , #xabarlar

Aloqador xabarlar