Matbuot Sharhlari 13.06.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

751581
Matbuot Sharhlari 13.06.2017

Haber Turk gazetasi: “Kuchli o’sish birjalarning rekord o’rnatishiga yo’l ochdi”. Istanbul fond bozori indeksi (BIST 100) Turkiya iqtisodiyotining birinchi choragida 5 foizga o’sar ekan, u o’z tarixining eng yuqori ko’rsatkichi hisoblangan 99 ming 455 ball bilan rekor o’rnatdi. Xalqaro bozorlarda dollar kursi kecha ertalab 3. 5371 dan boshlar ekan, kun davomida 1 dollar 3.5160 liraga baholandi.

Yeni Shafak gazetasi: “Turkiya oxirgi kunlarda diplomatiyaning markaziga aylandi”. Joriy yilning 5-iyuni kuni Qatar bilan ba’zi Arab mamlakatlari o’rtasida muammo kelib chiqar ekan, mavjud muammoni hal qilish uchun Turkiya tomonidan Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning yetakchiligida, faol ravishda diplomatik tashabbuslar boshlatildi. Ushbu tashabbus doirasida Turkiya Ko’rfaz mamlakatlari va Eron bilan bir necha uchrashuv o’tkazdi. Shu doirada Eron Tashqi ishlar vaziri Javad Zarif bilan Bahrayn Tashqi ishlar vaziri Halid bin Ahmad al Halifa Anqaraga tashrif buyurib, Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan fikr almashdi. Buning natijasiga nazar tashlagudek bo’lsak unda Ko’rfazda kelib chiqqan muammoda Turkiyaning diplomatik tashabbuslarining natija berayotganligini ko’rishimiz mumkin

Hurriyet gazetasi: “Turkiyaning yordamini unutmaymiz”. Qatar Malikasi Al-Mayassa “Hurriyet” gazetasiga bergan maxsus intervyusida oxirgi vaqtlarda Qatar bilan ba’zi Arab mamlakatlari o’rtasida kelib chiqqan muammo chog’ida Turkiyaning Qatarni bo’lgan yordamiga to’xtaldi. Shu doirada, “Turkiya-Qatar munosabati har doim ijobiy tusda bo’lib keldi. Qatarda ham turklar ko’p. Biz Turkiya bilan turk xalqining bizga ko’rsatkan yordami va do’stligini hech qachon unutmaymiz” dedi. Qatardagi san’at muassasalari va muzeylariga yetakchilik qilgan Qatar Amiri Tamim bin Hamadning singlisi al-Mayassa Qatarda, va hatto butun dunyoda o’z sohasining eng muvaffaqiyatli mutaxassislaridan biri hisoblanadi.   

Star gazetasi: “Yaponiyalik ayollar takror Turk obligatsiyalariga qaytmoqda”. Yaponiyalik uy bekalarining Turk obligatsiyalariga bo’lgan qiziqishi avj oldi. Turk lirasi ustidan takror “Uridashi” obligatsisi ola boshlagan yaponiyalik uy bekalari bu yil 517 milliard dollardan ortiq Turk aktivlariga investitsiya qildi. Turk tilida aniq talaffuz qilinolmagan Yukiko Ikebe va Mayumi Toriini yaponiyalik ayollar yaxshi taniydi. Ular 2008-yili yuz bergan iqtisodiy inqirozdan keyin “Uridashi” obligatsiyasi ustidan million dollarlik daromad qo’lga kiritdi. Ikebe bilan Toriining ushbu muvaffaqiyati 2012-yili ko’pchilik yapon ayollarinining e’tiborini “Uridashi” obligatsiyalariga qaratdi. Huddi ana shu yili Turk lirasi ustidan 3.7 milliard dollarlik “Uridashi” olgan yaponiyalik uy bekalarining bu yil takror ola boshlaganligi aytilmoqda.  

Sabah gazetasi: “Makronning muvaffaqiyati”. Fransiya tarixida eng oz ishtirokchi bilan o’tkazilgan parlament saylovlarida Prezident Emmanuel Makronning “Olg’a” partiyasi g’alabani qo’lga kiritdi. Bundan atigi bir yil oldin tashkil topgan “Olg’a” partiyasi o’zining qisqa siyosiy tarixiga qaramay Fransiya parlamentidagi 550 o’rinning ko’pchiligini olishga muyassar bo’ldi. Birinchi bosqichi tunov kuni uyushtirilgan ovoz berish faoliyatida mamlakatdagi 47 million 571 ming 484 saylovchining 51.29 foizi saylovda ishtirok etgani yo’q. Bu natija Fransiya tarixida rekord daraja deya baholandi.  

 



Aloqador xabarlar