Matbuot sharhlari 05.06.2017

Rakkada harbiy operatsiyalar boshlatildi.

745924
Matbuot sharhlari 05.06.2017

Hurriyat gazetasi "Rakka harakati boshladi" deb yozmoqda.

Bosh vazir Binali Yildirim, Suriyada oldindan rejalashtirilgan Rakkab operatsiyasini 3 Iyun kechasi boshlatildi. Yildirim, "Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) operatsiyadan oldin kerakli ma'lumotlarni berdi" dedi. Yildirim, AQShning terror tashkiloti PKKning Suriyadagi bo'limi PYD/YPGni dastaklashi bilan aloqali, Anqaraning e'tiroz bildirgani, AQShning ham, operatsiyadan keyin PYD/YPG bilan aloqalarni uzoq muddatli davom ettirmasligini, vaqtincha bir hamkorlik bo'lganiga Turkiyani ishontirganini izohladi.

Star gazetasi, "Gabriel PKKni baholadi" deb chop etmoqda. 

Fethullahchi terror tashkilotiga quchoq ochgan Germaniya tashqi ishlar vaziri Sigman Gabriel, bugun uyushtiradigan Turkiya ziyoratidan oldin ifodalarini almashtirdi. Gabriel, Bild am Sonntang gazetasga bergan muloqotida, "Turkiya bizdan PKKqarshi uslubimizni qattiq bo'lishini kutadi. PPK aslida bizda ham taqiqlangan. Ularni dastaklagan moliya manbalarini quritish va ularga Germaniyada harakat maydonini toraytirish bizning ham mafaatimizga xizmat qiladi. Bu, Turkiyaning haqli nuqtasi" dedi.

Sabah gazetasi, "Bochxona ittifoqi reviziyasida 1,3 5  foyda" deb chop etmoqda.

Yevropa Ittifoqi va Turkiya 13 Iyun kuni bochxona birligini taftish etish uchun yig'ilish o'tkazdi. YI-Turkiya delegatsiya rahbari favqulodda elchi Christian Berger, kiritilgan o'zgarishlarning Turk iqtisodiyotining rivojlanishiga 1.3 % hissa qo'shishini izohladi. Berger, Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning 25 May kuni amalga oshirgan Brussel sammitining YI-Turkiya aloqalariga to'sqinlik qilgan 'terror iborasini almashtirishni' imo qilib, "Turkiyaning terrorizmga qarshi kurash doirasida kuchini boy berishini istamaymiz" dedi.

Yeni Shafak gazetasi, "Somaliya kemasi yo'lga ravon bo'ldi" deb chop etmoqda. 

Prezident Raja Toyyib Erdo'g'anning talimotiga binoan boshlatilgan "Insonlarga umid ber" kampaniyasi doirasida Turk Qizil yarimoy jamiyati, bosh vazirlik tabiiy ofatlar boshqaruvi bilan Turkiya Hamkorlik va Koordinatsiya Agentligi Boshqaruvi (TIKA) votisachiligida Somaliyada 13 tonnalik oziq-ovqat ashyosi olib borgan Serba kemasi Mersindan kuzatildi. Bosh vazir o'rinbosari Veysi Kaynak, har kun minglab inson hayotdan ko'z yumgan Afrikaga, Turk qardoshlarining faqat yegulik emas sevgi ham yuborganini izohladi.

Xabar Turk gazetasi, "Bollywoodning diqqatini jalb qildi" deb yozmoqda. 

Boshda Hollywood bo'lib Hindiston (Bollywood) va Eron kabi kino sektorlarida mashhur bo'lgan qator o'lkadan prodyusserlar, katta budjetga ega film va seriallar uchun Turkiyani tanlamoqda. O'tgan yil Turkiyaga 30 dan ko'p xorij serial va flim tasfirga olingan edi. Joriy yil bu raqamning 50 ni o'tishi kutilmoqda. Madaniyat va Turizm vazirligi, Rossiya bilan mushtarak ishlab chiqarilgan film va seriallarni dastaklashini ma'lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar