Matbuot sharhlari 26.05.2017

Prezident Rajab Toyib Erdo'g'an Yevropa Ittifoqi rahbari Donald Tuskka javob berdi.

739876
Matbuot sharhlari 26.05.2017

Yeni Shafak gazetasi, "Yevropa Ittifoqiga hitob" deb chop etmoqda.

Prezident Rajab Toyib Erdo'g'an, Belgiyaning poytaxti Brusselda Yevropa Ittifoqi kengashi rahbari Donald Tusk bilan YI komissiya rahbari Juen-Claude Junckerga javob berdi. Erdo'g'an, YI organlari bilan o'tkazgan uchrashuvlarda, Turkiya-Yevropa Ittifoqi aloqalarini qayta tiklashning ahamiyatiga diqqat qaratdi. Terrorga qarshi kurashda Anqaraning chetlanganini bildirib, terrorga qarshi hamkorlikni kuchaytirishni istadi. Turkiya bilan YI o'rtasida 2016 yili imzolangan ko'chmanchillar mavzuli kelishuvni ham hayotga tatbiq etish kerakligini izohlagan Erdo'g'an, YI tashkilotlari bilan, tuzilgan kelishuvning mas'uliyatini ham eslatdi.

Vatan gazetasi, "Turkiyaga minnatdormiz" deb yozmoqda. 

AQShnibg Birlashgan Millatlar doimiy vakili favqulodda elchi Nikki Haley, 8063 nafar Suriyalik bo'lgan Harayning Altinoz tumanida Boynuyog'un lagerini ziyorat qildi. Lagerdagi salomatlik markazida tekshiruvlar o'tkazgan Haley, boshlang'ich maktabni ziyorat qilib Suriyaliklarga yaratilgan imkoniyatlarni ko'rib chiqdi. Lagerdagi hayot shartlarining juda yaxshi bo'lganini bildirgan Haley, "Turkiyaga Suriyaliklarga mezonlik qilgani uchun minnatdormiz, Turk xalqiga tashakkurlar" dedi.

Star gazetasi, "Mahalliy imkoniyatlar bilan ilk kirishuv" deb chop etmoqda.

Prezident Rajab Toyib Erdo'g'anning Turkiya Doiralar va Birjalar Birligi (TOBB) 73. Umumiy kengashida so'zlagan nutqida mahalliy avtomobil ishlab chiqarish chaqirig'iga jobiy javob bergan TOBB faoliyatga o'tdi. TOBB rahbari Rifat Hisarjikog'lu, yo'l xaritasi belgilash uchun Bilim, Sanoat va Texnologiya Vaziri Faruk O'zlu bilan uchrashdi. Xususiy sektorning boshlovchi bo'lishini bildirgan O'zlu, "Qarshi tomon bilan kelishgandan keyin aniq bir tarix berilanadi. Lekin bizning maqsadimiz 2019 da chiqishdir" deb so'zladi.

Sabah gazetasi, "Turkiya investitsiya uchun jozibali bo'lishga davom etmoqda" deb yozgan.

Turkiya-Amerika Ish Kengashi AQShning poytaxti Vashingtonda bo'lib o'tdi. Ishtirokchilarning tushunchasi, islohotlar va yosh aholisi bilan Turkiya samroya kiritiladigan bir mamlakat bo'lgani borasida. Global shirkatlar uchun Turkiya, joziba markaziga aylangan. Yosh aholisi, xalqaro shirkatlarning diqqatini o'ziga jalb qilar ekan, Turkiyaning mavjud kuchini uzoq yillar muhofaza etishini ifoda etdi.

Hurriyat gazetasi, "Mariah Careydan hamdarlik" deb chop etmoqda. 

Ingliyadagi hujumda hayotini yuqotgani bilidirilgan 29 yoshdagi Martyn Hakan Hettning onasi bir turk bo'lgani maydonga chiqdi. Ijtimoi mediada faol bo'lgan Hakanning Facebook sahifasida mamlakatining  Anqara bo'lgani, Manchesterda yashagani yozilgan. AQShli xonanada Mariah Carey esa instragramdan o'z rasmi bo'lgan futbolkasini bahamlashib "Manchester qurbonlaridan birining menim muxlisim bo'lganidan chuqur ta'sirlandim, Martyn Hett huzur ichida yot" dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar