Matbuot sharhlari 28.04.2017

Bugungi gazetalardan sharhlar...

722287
Matbuot sharhlari 28.04.2017

         

Sabah gazetasi, “Referendumning aniq rasmiy natijalari” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Oliy saylov kengashi 16 aprel kuni bo’lib o’tgan referendumning aniq rasmiy natijalarini e’lon qildi.

Bunga ko’ra, saylovchilarning 51.41 foizi “Xa”, 48.59 foizi “Yo’q” ovozini bergan.

“Xa” ovozini berganlar soni 25 mln 157 ming 463, “Yo’q” ovozini berganlar soni esa, 23 mln 779 ming 141 nafarni tashkil qildi.

Saylovga ishtirok etganlar davomati 49 mln 798 ming 855 nafarni tashkil qildi, bu esa, jami saylovchilar sonining 85.43 foizini tashkil qiladi.

Yaroqli deb topilgan ovozlar soni 48 mln 936 ming 604 nafar.

Star gazetasi, “Yangi Turkiya uchun dastlabki qadam” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, mamlakatda prezidentlik rejimi joriy etilishini ta’minlaydigan referendumdan so’ng Turkiyada katta o’zgarishlar davri boshlandi.

Shu munosabat bilan Ak partiya shu yilning 21 may kuni favqulodda kongress o’tkazish uchun tayyorgarliklarni boshlab yubordi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an 3 yarim yil oradan so’ng, Ak partiyaning bosh rahbarlik lavozimini qabul qilib oladi.

Darvoqe, referendumdan keyingi eng katta o’zgarishlardan biri sifatida Erdog’anning hukumat tarkibiga katta o’zgartirishlar kiritishi kutilmoqda.

Xabar turk gazetasi, “Yevropa qilmishidan pushaymon bo’ladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Yevropa kengashi parlamentlar assambleyasining Turkiyani tekshiruvdan o’tkazish qaroridan so’ng, joriy etiladigan sanksiyalarni ma’lum qildi.

Mavlud Chavusho’g’li Yevropa kengashi parlamentlar assambleyasi budjetiga katta hissa qo’shgan davlatlardan biri Turkiya ekanini aytib, “Bu hissani pasaytiramiz. To’lovni minimum darajaga pasaytiramiz. Yevropa oldingidek hamkorligimizdan foydalana olmaydilar. Ular qilmishidan pushaymon bo’ladilar”,-dedi.

Aytib o’tish joizki, Turkiya o’tgan yili Yevropa budjetiga 33 mln evro moddiy hissa qo’shgan edi.

 Yeni shafak gazetasi, “PYDni o’lim qo’rquvi chu’lg’adi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Evfrat daryosi sharqidan terroristlarni quvib chiqarish tashabbusidan so’ng, terror tashkiloti PKK va uning Suriyadagi hamkori PYD sarosimaga tushdi.

Amerika boshchiligidagi DAIShga qarshi kurash koalitsiyani Turkiyani to’xtatishga chaqirgan terror tashkiloti xalqaro maydonda o’zini jabrlangandek qilib ko’rsatishga urinmoqda.

PYD terror tashkiloti Turkiyaning harbiy operatsiyalarini yanada kuchaytirish ehtimoliga qarshi chora sifatida “uchish man qilingan hudud” ta’minlanishini talab qilmoqda.

Iroq-Suriya-Turkiya chegara mintaqasini o’z ichiga olgan territoriyani qo’ldan boy bermaslikka harakat qilgan terror tashkiloti liderlari operatsiyadan so’ng “xavfsiz hudud” tashkil qilish talabini kuchaytirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #xabar , #yangiliklar , #o'zbekcha

Aloqador xabarlar