Matbuot sharhlari 24.02.2017

Amerika terrorga qarshi kurash mavzusida Turkiyaning ahamiyatini yaxshi biladi.

679262
Matbuot sharhlari 24.02.2017

Xabar Turk gazetasi, "Trumpga Turkiyaning ahamiyati tushuntiriladi" deb chop etmoqda. 

Amerika Qoshma Shtatlari (AQSh) Bosh shtab rahbari Joseph Dunford, Suriyada Deashga qarshi jadal kurashish maqsadida Prezident Donald Trumga taqdim etiladigan "siyosiy-harbiy" mavzular orasida Turkiya bilan AQSh o'rtasida kuchli hamkorlikning davom etishi borasida qadam tashlash mavzusi ham muhokama qilinadi. Dunford, "Turk ittifoqdoshlarimizning ahamiyatidan bahs etib rejalarimizni Turkiya bilan kuchli aloqalar doirasida hayotga tatbiq etishga g'ayrat qilamiz" dedi.

Sabah gazetasi, "Germaniya PKKga ruxsat berib Erdo'g'anni cheklamoqda" deb yozgan.

Har fursatda erkinlikdan bahs etgan Germaniya, Turkiyaga qarshi terror tashkilotlarini himoya qilishni davom ettirmoqda. Terror tashkiloti PKKning miting o'tkazishiga ruxsat bergan, Fethullah terror tashkilotini qo'llab-quvvatlagan Germaniya, Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning referendum mitingi uchun "Oldi olinishi kerak" kampaniyasi boshlatdi. Shimoliy Ren Vestfalya viloyati ichki ishlar vaziri Ralf Jager, federal hukumatning Shimoliy Ren-Vestfalya viloyatida yoki Germaniyaning boshqa joylarida bu mitinglarni tartiblashning oldini olish kerakligini izohladi.

Yeni Shafak gazetasi, "Konsullikda bir PKKlik" deb xabar qilmoqda.

Amerika Qo'shma Statlarining Adana Konsulligining tajrimoni bo'lgan Hamza Uluchay, PKKga qaratilgan operatsiyalar doirasida qo'lga olindi. Mardin Kiziltepeda KCK ning yuqori darajali bir vakili bilan ko'rishgan va insonlarni ko'chalarda namoyish o'tkazishga chorlagan Uluchay, Adana konsulligidan chiqayotganda nazoratga olindi. Hamza Uluchay, 1 Mart kuni u dav AQSh Ichki Xavfsizlik Vaziri Juh Johnsonning Adanada chodir shaharni ziyorati chog'ida tajrimonik qilgan edi.

Star gazetasi, "2018 yili ilk gaz beriladi" deb yozmoqda.

Ozarbayjon gazini Yevropaga yetkazadigan Janubiy Gaz Koridori Loyihasi bilan aloqali yig'ilish Bokuda o'tkazildi. Prezident Ilhom Aliyev, "2011 yil Toyyib Erdo'g'an bilan TANAPni imzolashi muhim bir jarayon bo'ldi" dedi. Energiya va Tabiiy Manbalar Vaziri Berat Albayrak ham "TANAP qurilishning 65% nihoyasiga yetdi. 2018 yil ilk gaz beriladi" deb bildirdi.

Hurriyat gazetasi, "Milliy ta'lim vazirligi o'rta maktablarda yana ikki tilni o'qitadi" deb yozmoqda. 

Milliy Ta'lim Vazirligi tomonidan kelgusi yil o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan Alban va Bosniya tillarida darslarni istaganlar tanlashi mumkin. Ikki til, yashagan tillar va lahchalar darsi doirasida beriladi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar